Загрузка страницы

Xorijliklardan o'zbekcha bayram tabrigi – Ona tilim

Ona tilini muqaddas bilgan el hamisha kimligini anglab, o’zgalarga anglatib yashaydi.
Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Ona tili – bu millatning ruhidir.
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni 21 oktyabr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy tabriklaymiz.

Barcha o’zbekistonliklarni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy tabriklarini yo’llashda Nurulloh Ostonning “Ona tilim” she’rini o’zbek tilida o’qib bergan xorijlik do’stlarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Bayram muborak!

ONA TILIM
Nurulloh Oston she'ri

Seni kim deb atayin?
Sevinchim deb atayin.
Yaqinim, yolg´izimsan,
Oqinim, haq so´zimsan.

Oftobi bor olamsan,
Tilimdagi nolamsan.
Bardoshi chosh metinim,
Manglayi tosh yetimim.

Yolgízlikda hamdamim,
Dilimdan toshgan g´amim.
Mening bilan doimsan,
Quyoshim ham oyimsan.

Oqlovchim, qoralovchim,
Moziydan kelgan tovshim,
Menday ko'ngli yarimsan,
Charxlangan xanjarimsan.

Johillarga jazosan,
Oqillarga sabosan,
Tilsizlarning zaboni,
Erksizlarning jahoni.

Yonarso’zsan, chaqinsan,
Oddiy xalqqa yaqinsan.
Qaro ko‘zim, qarog´im,
Hamda Cho‘li irog´im.

Yig´lab o'tgan Mashrabsan,
Meni o'tga tashlabsan.
Kuy, ohim ayon-ayon,
Kuymog´im ayon-ayon.

Sen meningsan, bor-yo'g'im,
Qalbga o'rnashgan tug'im,
Mangu so'nmas gulimsan,
O'zing ona tilimsan!

#o'zbektili #onatilim #ўзбектили

Видео Xorijliklardan o'zbekcha bayram tabrigi – Ona tilim канала DOCA TOURS
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
21 октября 2020 г. 11:51:04
00:04:03
Яндекс.Метрика