Загрузка страницы

Chingiz Aytmatov. "Dunyo adabiyoti" teledasturi - Xurshid Davron kutubxonasi

Chingiz Aytmatov (1928-2008) — taniqli qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan (1953). 1956-58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozgan.
Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. «Baydamtol sohillarida» (1955), «Yuzma-yuz» (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. «Jamila» (1958), «Sarvqomat dilbarim» (1961), «Bo‘tako‘z», «Birinchi muallim» (1962), «Momo yer», «Somon yo‘li» (1963), «Alvido, ey Gulsari» (1966), «Tog‘ va cho‘l qissalari», «Oq kema» (1970), «Dengiz yoqalab chopayotgan olapar» (1977) kabi qissalarida inson qismati va muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan.
«Asrga tatigulik kun» (1980), «Qiyomat» (1986), «Kassandra tamg‘asi» (1990) romanlarida, «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) yozilgan roman-esseda zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan.
Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). «Sarvqomat dilbarim» («Dovon»), «Bo‘tako‘z» («Jazirama»), «Birinchi muallim», «Jamila», «Alvido, ey Gulsari» va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. «Momo yer» asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.
Aytmatov o‘zbek adabiyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, «Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin», deb hisoblaydi. Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999).

Видео Chingiz Aytmatov. "Dunyo adabiyoti" teledasturi - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 декабря 2017 г. 15:00:01
00:30:18
Яндекс.Метрика