Загрузка страницы

"Dinamo" vs "Xorazm". Pro Liga!

Pro liga rivoji sari yangi qadam: Birinchi jonli translyatsiya muxlislar e'tiboriga havola qilindi

Pro liga 3-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yin o'z yakuniga yetdi. Unda Samarqandning "Dinamo" klubi "Xorazm"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. E'tiborli tomoni mazkur o'yin ilk bor FUTBOL TV telekanalida jonli efirda namoyish qilindi.

Albatta, bu dastlabki to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya bo'lgani uchun ba'zi kichik kamchiliklar ham ko'zga tashlandi. Buning uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Umuman olganda esa, jonli translyatsiyalarning boshlanishi Pro ligada yangi davrni boshlab bermoqda.

Endilikda muxlislar va mutaxassislar mazkur musobaqa o'yinlarini jonli efirda tomosha qilish orqali bu yerda to'p surayotgan, e'tibordan chetda qolib ketayotgan iste'dodli futbolchilarni kuzatib borishlari mumkin bo'ladi. Shuningdek, hakamlar qarorlarida bahsli vaziyatlar yuzaga kelsa, sifatli translyatsiya orqali bu holatlarga ham oydinlik kiritish mumkin. Qolaversa, futbolchilar va hakamlar ham o'yin jonli translyatsiyada butun O'zbekistonga namoyish qilinayotgani tufayli o'z ishlariga yanada jiddiyroq munosabatda bo'lishadi.

Hakamlar qabul qilayotgan qarorlari ko'plab futbol muxlislarining muhokamasiga sabab bo'lishi his qilgan holda, o'z ustilarida ko'proq ishlashlariga, Futbolchilar esa terma jamoalar murabbiylari va Superliga vakillari e'tiboriga tushish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishlariga umid bildirib qolamiz.

Murabbiylar esa jonli translyatsiyalar orqali yangi futbolchilarning harakatlarini kuzatishlari va o'zlariga tegishli xulosalar chiqarib borishlari mumkin.

Xullas, dastlabki qadam tashlandi. Bu boshlanishi. Oldinda translyatsiya sifatini yanada yaxshilash borasida ko'plab reja va maqsadlar bor.

O'z o'rnida futbol muxlislarini ham Pro ligadan jonli translyatsiyalar orqali sevimli jamoalarini faol ravishda qo'llab quvvatlashga chaqirib qolamiz!

FUTBOL TV telekanalining sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Sayt - http://futboltv.uz
Instagram: https://instagram.com/futboltv.uzreporttv
Telegram: https://t.me/FUTBOLTV
Facebook: http://facebook.com/futboltv.uz

Видео "Dinamo" vs "Xorazm". Pro Liga! канала FUTBOL TV Uzbekistan
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
31 августа 2020 г. 21:07:31
01:46:42
Яндекс.Метрика