Загрузка страницы

Rafahga hujum davom etmoqda

Isroil Rafah shahrining sharqiy hududlariga zarba berishda davom etar ekan, sektorda jon saqlayotgan minglab falastinlik chodirlarini yig'ishtirib, boshqa hududlardan panoh izlamoqda. Isroilning G’azo Sektoridagi Rafah shahrida harbiy amaliyotni kengaytirish rejasidan xavotirga tushgan Bayden ma’muriyati yahudiy davlatga hujumkor qurollarni yuborishni vaqtincha to’xtatib qo’ydi. Oq uy Isroilni bunday bo’lishi haqida aprel boshidan beri ogohlantirib kelgan. Biroq Isroil AQSh da’vatlariga quloq solmadi, Rafahga hujumlarini kuchaytirdi, ko’plab begunoh insonlarning o’limiga sabab bo’ldi. AQSh Isroilning XAMASga qarshi amaliyotiga e’tiroz bildirmaydi, ammo yirik hujum ko’plab fuqaroni nobud qilishi haqida ogohlantirib keladi. 8-may kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida Isroilga qarata ilk bor qattiq gapirdi. “Agar ular Rafahga qo’shin kiritishsa, qurol uzatmasligimizni aniq aytdim”, dedi u.

Видео Rafahga hujum davom etmoqda канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
9 мая 2024 г. 21:49:44
00:00:59
Яндекс.Метрика