Загрузка страницы

Restoran ochamiz Tokyoda!

Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar, millatdoshlar, dindoshlar va bir so’z bilan aytganda Yaponiyada istiqomat qiluvchi bizning aziz muxlislarimiz!

O’tgan yili iyul oyidan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Silk Road Bakery SHER” xizmatlarini yuqori baholab, bizga kuch-quvvat va shijoat bag’ishlab kelayotganligingiz uchun sizlarga cheksiz minnatdorchilik izhor etmoqchimiz. Va siz azizlarga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilmochimizki, ko’pchilik mijozlarimizga yanaqa qulaylik yaratish, xizmatimiz sifati va tezligi oshirish bilan bir qatorda ko’lamini kengaytirish maqsadida 2019 yil 23,Fevral, shanba kunidan boshlab, Tokyoning Takadanobaba metro stansiyasi yaqinida yangi Restoranimiz o’z faoliyatini boshlaydi. (to’liq manzil va boshqa ma’lumotlar pasta beriladi). Restoranimizga tashrif buyurgan siz azizlarga, oila a’zolaringizga va do’stlaringizga, Milliy taomlarimizning o’z Ona-Vatanimizdagi haqiqiy ta’mini ulashishga jiddi-jahd bilan bel bog’ladik va yaxshi niyatlar bilan maskanimizni “Vatanim” deb nomladik. Ona-yurtdan olisda yurgan muxlislarimizning ozgina bo’lsada vatanimiz mazasidan bahramand bo’lishlariga o’z hissamizni qo’sha olsak benihoya baxtiyor bo’lamiz. Siz nafaqat o’zingiz bahraman bo’lishingiz, qolaversa kela olmagan muxlislarga o’zingiz bilan olib ketishingiz ham mumkin bo’ladi. “Vatanim”ga Xush Kelibsiz Azizlar! Sizlarni intizorlik bilan kutib qolamiz.
Faoliyat manzili:新宿区高田馬場3-33-3
dam kuni: chorshanba,yakshanba
ish vaqtlari:
lunch 11:00〜15:00/
dinner 17:00〜22:00(ohirgi bururtma/last order 21:00)

Видео Restoran ochamiz Tokyoda! канала Sherzod TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
16 февраля 2019 г. 22:01:25
00:11:46
Яндекс.Метрика