Загрузка страницы

Fransiyada qahramon, O'zbekistonda "jinoyatchi"

Fransiya migratsiya idorasi o‘zbekistonlik 39 yashar qochqin Muhsinjon Ahmedovni O‘zbekistonga deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqardi. Muhsinjon Ahmedov shu yilning 20-oktyabridan buyon Parijdagi qochqinlar lagerida saqlanib kelgan edi. 18-noyabr kuni O‘zbekistonga yuborilishi kutilayotgan qo‘qonlik yigit birdan 14-noyabr kuni deportatsiya qilindi. Uning keyingi taqdiri hozircha ma’lum emas. O‘zbekistonda diniy-siyosiy ayblar bilan qidiruvga berilgan Muhsinjon Fransiyaning Montero shahri qahramoni hisoblanadi. U shu yil aprelida turar-joy binosidagi yong‘in chog‘ida chorasiz qolgan keksalar hayotini qutqarib qolishda qatnashgan.

To'liq videoni Ozodlikning YouTube sahifasida ko'ring!

Uzbek | Uzbekistan | O'zbekiston | O'zbek | Yangiliklar | Xabarlar | Mirziyoyev | Tezkor |

#ozodlik #qochqin #france #fransiya #qahramon #uzbek #uzbekistan

Видео Fransiyada qahramon, O'zbekistonda "jinoyatchi" канала Ozodlik Radiosi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 ноября 2023 г. 22:29:10
00:01:00
Яндекс.Метрика