Загрузка страницы

Мамуржон Узоков – Ёр истаб / (1904.20.04 Margʻilon — 1963.12.06)

Maʼmurjon Uzoqov (1904.20.04 Margʻilon — 1963.12.06) — Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlar taʼsirida ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni, J. Sultonovdan katta ashulaning murakkab yoʻllarini oʻzlashtirgan. 1922 — 25 yillar Xudoybergan hofiz Maqsumov, 1926—32 yillar Hasan qori, 1933— 62 yillar J. Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan. Dastlab xalq toʻysayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. Margʻilon teatrida xonanda (1937—39), Muqimiy teatrida [Tohir, Jarchi (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuhra") rollarini oʻynagan] artist va xonanda (1939—50), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1950—52), Oʻzbek davlat estradasi (1952—62)da yakkaxon xonanda. Baland, shirador va oʻta taʼsirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar ("Ul kun jonon", "Nasihat", "Keldim", "Jonon kelur", "Koʻzlaring", "Bayet", "Parvo etib ket", "Kalam qoshing", "Aylading", "Yolg'iz", "Koʻp erdi hasratim jono", "Sayding qoʻyaber, sayyod"), bastakorlar asarlari (ayniqsa, M. Mirzayevning "Yakka bu Fargʻonada", "Surating", "Dogʻman", "Yor istab", "Bahor", "Qachon boʻlgʻay, kim", "Bir kelib ketsin" kabi), mumtoz ashulalar ("Feruz", "Mustahzod", "Bayet") o'rin olgan. U Fargʻona xonandalik maktabi anʼanalarini davom ettirgan va oʻzbek musiqa madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi jamgʻarmasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni (2000) bilan taqdirlangan. Margʻilon koʻchalardan biri, bolalar musiqa maktabi hamda shahar madaniyat va istirohat bogʻiga Ma'murjon Uzoqov nomi berilgan. 1997 yildan boshlab Marg'ilonda J. Sultonov va Ma'murjon Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.

Assalomu alaykum azizlar!
Xabaringiz bor ZO'R TV telekanali orqali sizlar bilan "UZOQOV STUDIO" ko'rsatuvini tomosh qilganmiz va hozirgi vaqtda ma'lum sabablarga ko'ra ko'rsatuv efir yuzini tark etdi. Shu sababli biz siz azizlarimiz uchun "Uzoqov Studio" #YouTube kanalini ochdik.
Ushbu kanal o'tgan ustoz san'atkorlarning xotirasiga bag'ishlangan holda ustazoda san'atkor, xalqimizning sevimli aktyori Alisher UZOQOV boshchiligida yaratildi.
Bu kanalda O'zbek san'atining haqiqiy mumtoz durdonalarini tomosha qilishingiz va ular bilan tanishishingiz mumkin va yana shuni bildirib o'tmoqchimizki agarda siz xalqimizning durdona qo'shiqlarini maromiga yetkazib ijro eta olsangiz bizga yuboring va biz uni ko'rib chiqib albatta kanalimizga yuklaymiz!!!
O'zingiz va yaqinlaringizni asrang...!
Murojaat uchun telegram +998909170510
Kanal mualliflik huquqi Alisher UZOQOVGA tegishli

Видео Мамуржон Узоков – Ёр истаб / (1904.20.04 Margʻilon — 1963.12.06) канала Uzoqov Studio / Ustoz san'atkorlar xotirasi uchun
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
2 ноября 2020 г. 22:16:02
00:05:31
Яндекс.Метрика