Загрузка страницы

XORAZM BEKLARI ISHI, IJTIMOIY MUAMMOLAR - XORAZM VILOYAT HOKIMI FARHOD ERMANOV BILAN SUHBAT

Kun.uz Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov bilan ochiq suhbat uyushtirdi. Suhbatda viloyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolar muhokama etildi. Viloyat hokimi kelgusidagi bajarilishi lozim bo’lgan rejalar haqida so’zladi. Tadbirkorlar va investorlar bilan bog’liq muammolarga yechim berilayotganini ta’kidladi. Xorazm futbol klubi taqdiri va o’zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini kuzatishi haqida fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

2:13- Xitoyga qarashli og’ir yuk mashinalari ishlab chiqarish zavodining ikkinchi navbati ish ga tushirildi. Bir necha tumanlarda tolani mahsulot ko’rinishiga keltiruvchi fabrikalar qurilmoqda. Hazoraspda turkiyalik investor bilan hamkorlikda kiyim ishlab chiqaruvchi korxona quriladi. Bu yil 5 oyda 100 ming turist Xorazmga keldi.

15:44- Ekin ekilishi lozim bo’lgan yerlar fuqarolarga ajratilgan. Qonunan mumkin emas. Bo’sh turgan joyga bino qurishga o’rganib qoldik. Shaharlarimiz endi eniga emas, bo’yiga o’sishi kerak.

19:59 – Xorazmda ham “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo’yicha qurilish ishlari avj olgan. Odamlarni rozi qilishda sen avval ularning o’rniga o’zingni qo’yib ko’rishing kerak. Kompensatsiya, zararni qoplash masalalari ijobiy hal etilmagan insonlarni, shaxsan Farhod Ermanov hal etadi.

24:59 – “Xorazm beklari” MCHJga qarashli mehmonxona masalasi shaxsan viloyat hokimining nazoratida, ijrosi albatta ta’minlanadi. Xiva dehqon bozori albatta ijobiy hal qilinadi. Hazorasp dehqon bozori nega hali ham bitkazilmadi. 9 yildan beri bitmagan bozor taqdiri.

28:26 – Fermerlikni rivojlantirish, bozorlardagi go’sht muammosi. Chorvachilik, tuyachilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilikni rivojlantirish bo’yicha rejalashtirilgan ishlar haqida.

36:37 – Xorazmda yo’l muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etish rejalashtirilganmi? Urganch, Shovot oralig’idagi yo’llar qachon ta’mirlanadi?

42:42 – Xorazm viloyatida elektr energiyasi va gaz muammosi qachon bartaraf etiladi? Bu sohada davlat rejalari qanday?

51:23 – Viloyatda toza ichimlik suvi asosiy muammo. Uni hal qilish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 60 million yevro yo’naltiriladi.

54:17 – Iste’molchilar huquqini himoya qilish tashkilotining a’zolik badali majburiymi? Paxta terish bo’yicha o’tgan yili maktab direktori ishdan olingan.

57:38 – Xorazm futbol klubi qachon Oliy ligaga chiqadi? Sobiq Olimpiya stadioni taqdiri nima bo’ladi?

1:00:01 – Viloyat hokimi o’z ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boradimi?

1:01:31 – Xorazmdagi bir yillik davrda orttirgan tajribalar, Xorazm xalqi haqida xulosalar va ularga samimiy tilaklar.

Видео XORAZM BEKLARI ISHI, IJTIMOIY MUAMMOLAR - XORAZM VILOYAT HOKIMI FARHOD ERMANOV BILAN SUHBAT канала KunUZ
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
12 июля 2019 г. 19:07:50
01:04:42
Яндекс.Метрика