Загрузка страницы

HAYOLIMDA BO`LDING UZUN KUN(Hamid Olimjon)

XAYOLIMDA BO’LDING UZUN KUN...

Xayolimda bo‘lding uzun kun,
Seni izlab qirg‘oqqa bordim.
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda,
Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo
Esga solar chiroyli tunlar,
Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar,
Esga solar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen,
Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i.
Sening bilan birga iqbolim,
Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo,
Suv ustidan tun quyuladi.
Shunda qancha-qancha gaplarni
Esga solib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar
Pishqiradi bilmay tinimni.
Hiylagar oy, sehrgar dilbar,
Solib qo‘yding yodimga kimni?.. Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1943). Samarqanddagi bilim yurtida (1923-28), Pedagogiga akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida o‘qigan (1928—31). Dastlabki asarlari — «Ko‘klam» (she’rlar, 1929), «Tong shabadasi» (hikoyalar, 1930). «Olov sochlar» (1931), «Poyga», «O’lim yovga» (1932), «Daryo kechasi» (1936), «She’rlar» (1937), «O’lka», «Oygul va Baxtiyor» (1939), «Baxt» (1940), «Ko‘lingga kurol ol!», «Ona va o‘g‘il» (1942), «Ishonch» (1943) she’riy to‘plamlar muallifi. «Oygul bilan Baxtiyor» (1937) hamda «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» (1939) dostonlari xalq ertaklari motivlari asosida yaratilgan. N. Ostrovskiyning «Po‘lat qanday toblandi» romanini hamda A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, V. Mayakovskiy, T. Shevchenko va boshk,a shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1944 yil 3 iyulda avtomobil xalokatidan Toshkent shahrida vafot etgan.

Видео HAYOLIMDA BO`LDING UZUN KUN(Hamid Olimjon) канала Hayollarim...
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 октября 2017 г. 22:27:53
00:01:22
Яндекс.Метрика