Загрузка страницы

Obid ketmon. Abdulla Qodiriy romani asosida radiospektakl - Xurshid Davron kutubxonasi

Obid ketmon. Abdulla Qodiriy romani asosida radiospektakl. O'zbekiston radiosida tayyorlangan radiospektakl. .Rollarni Toshkent teatri aktyorlari ijro etishgan.

Abdulla Qodiriyning yana bir yirik asari – «Obid ketmon» qissasi 1934 yilda yozilgan bo'lib, bu asar ham boshqalari kabi yozuvchining ulkan mahoratini o'zida mujassam etgan. Barcha zamonlarda ustuvor bo'lgan «Sen yerni boqsang, yer seni boqadi»,
degan qarash ushbu asarning bosh mavzusidir.
Kitob asarning 1935 yildagi birinchi nashriasosida tayyorlandi.
XX asr yangi o'zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o'zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan. A.Qodiriy 1904—1906 yillarda madrasada, 1908-1912 yillarda rus-tuzem maktabida, 1916—
1917 yillarda Abulqosim shayx madrasasida ta'lim olgan. 1925—1926 yillarda Moskvadagi adabiyot kursida o'qigan. U 1919 yilda «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, 1920 yilda Kasabalar sho'rosining sarkotibi, 1923—1926 yillarda
«Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hay'ati a'zosi sifatida faoliyat yuritgan. 1914-1915 yillarda yozilgan «To'y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she'rlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi
yozuvchining dastlabki asarlaridir. A.Qodiriy 1916 yilda «Uloqda» hikoyasi, 1920 yilda «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydir?» kabi satirik hikoyalarni yozadi. Yozuvchi o'zining ulkan mahoratini jamlab, 1924-
1926 yillarda «O'tgan kunlar», 1929 yilda «Mehrobdan chayon» romanlarini, 1934 «Obid ketmon» qissasini yaratgan. U Abdulla Shunosiyning «Fizika», N. V. Gogolning «Uylanish», A. P. Chexovning «Olchazor» asarlarini o'zbek tiliga tarjima
qilgan.

Видео Obid ketmon. Abdulla Qodiriy romani asosida radiospektakl - Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
27 сентября 2019 г. 16:00:13
00:44:48
Яндекс.Метрика