Загрузка страницы

Garajda YARATILGAN mashhur BREND-Stiv JOBS. Apple tarixi

Stiv Jobs 1955-yil 24-fevralda Kaliforniya shtatidagi Mountain View shaharchasida tugʻilgan. Uning yoshlik va oʻsmirlik yillari shu yerda oʻtgan. Jobsning haqiqiy ota-onasi yosh talabalar boʻlgani va oila qurmagani uchun goʻdakni boqib olish uchun berib yuborishadi. Pol va Klara Jobslar esa uni boqib oladi.

Bolaning asl otasi Abdulfattoh Jon Jandaliy, Suriyalik musulmon, asl onasi Joanna Simpson esa amerikalik. Ular keyinchalik oila quradi va Jandaliy siyosiy fanlar, Simpson esa tilshunoslik sohasida faoliyat yuritadi. Mona Simpson, ularning qizi va Stiv Jobsning singlisi, bugun taniqli adiba. Stiv Jobsning ular bilan munosabati yaxshi edi.[1][2]

2003-yil Stiv Jobsning oshqozonosti bezida rak paydo boʻladi. Davolanganidan keyin avvaliga oʻzini ancha yaxshi his qiladi, lekin butunlay tuzalib ketmaydi. 2009-yil jigarini transplantatsiya qildiradi. Ammo sogʻligʻi hech yaxshilanmagach 2011-yil avgust oyida Eplning bosh direktorli (CEO) lavozimidan tushadi va boshqaruv komitetining yetakchisi qilib tayinlanadi. Stiv Jobs 2011-yil 5-oktabrda 56 yoshda undagi rakning jalalashi (metastazi) tufayli nafasi toʻxtab dunyodan koʻz yumdi.
#Stivjobs #appleTARIXI

Видео Garajda YARATILGAN mashhur BREND-Stiv JOBS. Apple tarixi канала Nurli Media
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 августа 2020 г. 16:55:23
00:20:35
Яндекс.Метрика