Vatandoshlarni qanday masalalar qiynamoqda: jonli muloqot
22-avgust kuni O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi AQSh va Kanadadagi vatandoshlar bilan ilk bor jonli, ochiq muloqot o'tkazdi.
Elchi Javlon Vahobov, konsul Faxriddin Mo'minov, shuningdek, Toshkentdan Tashqi va Ichki ishlar vazirliklarining rasmiylari ikki yarim soat davomida dolzarb mavzulardagi savollarga javob berdi.
Savol-javob jarayonini "Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova olib bordi.
O'zbekistonlik immigrantlar, talaba va mutaxassislar asosan pasport tizimi, bu boradagi islohotlar, vatanga kirib-chiqish hamda konsullik xizmati xususida murojaat qildi.
Yangi pasport tizimi kerak emas, degan chaqiriq va takliflar yangradi. Ko'plab vatandoshlar nazarida O'zbekiston chet elga chiqish uchun yangicha pasport joriy etib, xato qilmoqda va ortiqcha mablag' sarflamoqda.
"Qolimizdagi biometrik pasportning nimasi yomon?" - deya so'radi Vashingtonda Jahon bankida ishlovchi Nodir Zokirov.
Amaldagi pasport xalqaro standartlarga javob beradi. Birgina chet elga chiqish uchun ruxsatnoma (OVIR) so'rash tizimini bekor qilish uchun nega yangi pasport ishlab chiqish kerak? Amaldagi pasport qolsin, mayli, ichki shaxsiy guvohnoma bo'lsin, deya taklif qildi u. Qonunni buzganlikda ayblanayotgan fuqarolarni tutishning boshqa yo'llarini qo'llansin, masalan, ma'lumot axborot tizimi ishlab chiqilsin, deya undadi Zokirov va unga hamfikr boshqa vatandoshlar.
Rasmiylarning javobi shuki, bu masala obdon o'rganilgan, uzoq muhokama va maslahatlardan kelib chiqqan holda sistemani yangilashga qaror qilingan.
O'zgarishlar 2019-yildan kutilmoqda. Yangi pasport tizimiga o'tish bosqichma-bosqich olib boriladi, deydi Ichki ishlar vazirligi vakillari. Muddati bitmagan pasport va chiqish uchun ruxsatnomasi bor odamlar hozir hech narsa qilishi shart emas.
Tadbirda ishtirok etgan vatandosh, biznes boshqaruvi bo'yicha mutaxassis Nabi Tog'ayevning aytishicha, bunday suhbatlar barcha uchun birdek foydali, chunki ko'pchilikni qiynayotgan masalalarga oydiklik kiritadi.
Barcha savollarga to'liq javob olinmasa-da, deydi Tog'ayev, diplomatlar va mutasaddilar bilan muloqot odamlarga informatsiya beradi.
"Facebook" orqali jonli efirga uzatilgan va vatandoshlar internet orqali video orqali bog'langan bu tadbir Amerikadagi O'zbekiston yoshlari uyushmasi va elchixona hamkorligida uyushtirilgan.
Konsul Mo'minovning qayd etishicha, vatandoshlarning savollariga javob berish - doimiy vazifalardan biri. Konsullik har kuni ishlaydi, deya eslatadi u.
Ishtirokchilar elchixona bunday muloqotlarni davom ettiradi degan umidda.
Vatanga qaytish va yordam ko'rsatish bilan bog'liq mavzular alohida davra suhbatida muhokama qilinishi kutilmoqda chunki bugungi muloqotda e'tibor pasport, fuqarolik, viza va konsullik ishlari bilan bog'liq masalalarda bo'ldi.
Видео Vatandoshlarni qanday masalalar qiynamoqda: jonli muloqot канала @AmerikaOvozi

Показать
Комментарии отсутствуют
Информация о видео
Другие видео канала
Sobiq elchi Bobur Malikov: O'zbekistonga chaqirishsa, boramanO'zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi Bobur Malikov @AmerikaOvoziOmonulloh Xo'ja: Vatanni hech qachon unutmadikOtabek Nazirov: Vatanga kerakmizOq uydagi uchrashuv yakunlandi/Trump seeing off MirziyoyevPrezidentga gapim bor: Bobur HasanO'zbekiston-AQSh: Strategik sheriklik va MirziyoyevO'zbekiston kelajagi haqida Vashingtonda nima deyishayapti?Prezident Mirziyoyev vatandoshlarga nima dedi?Shveysariyadagi Gulnora Karimova villasining taqdiriJasur Hamroyev "Amerika Ovozi" mehmoniAQSh: Mirziyoyev demokratik lider bo'la oladimi?Buxoro yahudiylari: O'zbekiston vatanimizVashington choyxonasi: O'zbekiston ichki va tashqi siyosatidagi o'zgarishlarOq uy: O'zbekiston/Mirziyoyev, Trump, White House, May 17, 2018Hibsga olingan jurnalistning turmush o'rtog'i: Uyaling, janoblar...AQSh-Markaziy Osiyo: 2017-yilgi yordam qancha?O'zbekiston-AQSh: Mirziyoyev safarining yakunidaAnons: Orzulari oydin qizO'zbekistonda dindorlik, hijob va soqol: Adliya vaziri bilan suhbat