Загрузка страницы

Tilimiz muammolari haqida gapiraverib, dilimiz kuyib tamom bo'ldi-ku! - XDK

Tilimiz muammolari haqida gapiraverib, dilimiz kuyib tamom bo'ldi-ku!

Qozoqboy Yo‘ldoshev: «O‘zbek tili muammolarini hal etish emas, hal etayotganga o‘xshab ko‘rinishni o‘ylayapmiz»

Xalqaro presc klubning navbatdagi sessiyasi o‘zbek tili muammolariga bag‘ishlandi. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi, til ta'limi va tilshunoslik masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Sessiyada soha olimlari, professor-o‘qituvchilar, metodistlar, vazirlik mutasaddilari o‘zbek tilining keyingi rivoji uchun o‘z takliflarini bildirishdi.

Pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev press klubga yig‘ilgan va so‘zga chiqib fikr bildirayotganlarga murojaat qilib, muammo mohiyatini teranroq anglashga va xato-kamchiliklarni tan olishdan qochmay, ularni tuzatishga harakat qilishga chaqirdi.

«Biz hozir hammamiz xizmat vazifamizni bajarish bilan, o‘zimizning unchalik yomon ishlamayotganimizni ta'kidlash bilan, o‘zimizning ancha savodli va «o‘zbekparast» ekanimizni ko‘rsatish bilan ovora bo‘lyapmiz.

Hozir qaysidir tadbirkorni to‘g‘ri tushunish kerakligi, Adliya vazirligi nihoyatda to‘g‘ri ishlar qilayotgani yoki Abdug‘affor Qirg‘izboev (Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri – tahr.) qancha tadbirlar ishlab chiqqani haqidagi gaplar, bu – masalani yechish, tilni rivojlantirish, o‘zbekning ko‘kragini ko‘tarish haqida emas. Bu xuddi men zimmamdagi ishni qilyapman, deganga o‘xshaydi.

Nega bizda o‘zimizdan boshqaga bo‘lgan narsaga intilish kuchli, chunki bizda g‘urur yo‘q!

Nega bizda reklama bannerlarida boshqa tilda yoziladi, chunki bu o‘sha odam uchun yoziladi, demakki, bizni o‘zbekni hurmat qilmaydi. U ingliz, italyan yoki rusni hurmat qilishi mumkin, lekin o‘zbekni emas.

Bu yerda o‘tirganlarga: sizda ham, menda ham, senatorlar, deputatlarda ham nega o‘zi shunaqa bo‘lyapti, degan iztirob paydo bo‘lishi kerak, lekin shu iztirobning o‘zi yo‘q!

Biz o‘ylab ko‘raylik, axir. Azbaroyi vazifa bajarish uchun emas, balki «Ha, biz ulgurolmayapmiz, yomon ishlayapmiz», deya olmaymizmi?! Nega Toshkentday shaharda 53 foiz maktab rus maktabiga aylanib boryapti, buni o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bu katta fojia aslida.

O‘qishni Navoiydan emas, Tolstoy yoki Pushkindan boshlagan bola dunyoni ularning ko‘zi bilan ko‘radi-da. Qur'onning, hadisning, Navoiyning ko‘zi bilan ko‘rolmaydi-da, albatta. Biz masalani hal qilish haqida emas, hal qilayotganga o‘xshab ko‘rinish haqida o‘ylayapmiz.

O‘zbek tilini bayram qilishdan oldin maqomini joyiga qo‘yish, uni himoya qilish haqida o‘ylashimiz kerak. U halokat yoqasiga kelib qoldi. Ilmiy til yo‘q, ilmiy atamalar boshqacha qabul qilinadi. Agar bizda intilish bo‘lsa, shunga erk bo‘lsa, bu uddalasa bo‘ladigan ish.

Yomon ishlayotganimiz, o‘zimizning sohamiz bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishning o‘ndan birini ham bajarmaganimiz bor haqiqat. Hadeb keyingi vaqtda yaxshi bo‘lib ketdi, ancha siljish bor degan bilan ish bitmaydi, siljitaylik uni», – dedi Qozoqboy Yo‘ldoshev.

Manba: www.kun.uz/

Видео Tilimiz muammolari haqida gapiraverib, dilimiz kuyib tamom bo'ldi-ku! - XDK канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 февраля 2020 г. 23:50:17
00:09:50
Другие видео канала
Hikoya orqali ingliz tili o'rganing (1-QISM). English with stories - tarjimasi bilanHikoya orqali ingliz tili o'rganing (1-QISM). English with stories - tarjimasi bilanO'zbek millati "GASTARBAYTAR"lik taqdiriga ko'nikdi - Qozoqboy Yo'ldoshevO'zbek millati "GASTARBAYTAR"lik taqdiriga ko'nikdi - Qozoqboy Yo'ldoshevSanjar Xo'ja: Xoin va vatangadolar haqida— Xurshid Davron kutubxonasiSanjar Xo'ja: Xoin va vatangadolar haqida— Xurshid Davron kutubxonasiАйбсиз айбдор келинчак | Aybsiz aybdor kelinchakАйбсиз айбдор келинчак | Aybsiz aybdor kelinchakXushnudbek Xudoyberdiyev izohlar uchun javobgarlik haqida - Xurshid Davron kutubxonasiXushnudbek Xudoyberdiyev izohlar uchun javobgarlik haqida - Xurshid Davron kutubxonasiИщу работу ! / Ish izlayapman !Ищу работу ! / Ish izlayapman !Mashina zavodini yopib, rastomojkani ochib qo‘yish qanchalik to‘g‘ri? Deputat va O‘zavtosanoat bahsiMashina zavodini yopib, rastomojkani ochib qo‘yish qanchalik to‘g‘ri? Deputat va O‘zavtosanoat bahsiДавлат тилини ривожлантириш департаменти сайти очилдиДавлат тилини ривожлантириш департаменти сайти очилдиRus tili mavzusiga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi  Erkin Aʼzam munosabat bildirdiRus tili mavzusiga Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Erkin Aʼzam munosabat bildirdiFaxriddin Umarov. Qo'shiqlarim - umrim davomi. 2-qism - Xurshid Davron kutubxonasiFaxriddin Umarov. Qo'shiqlarim - umrim davomi. 2-qism - Xurshid Davron kutubxonasiOdilbek Isakov: Davlat moliyasi va iqtisodiy taraqqiyotOdilbek Isakov: Davlat moliyasi va iqtisodiy taraqqiyotENG KATTA XATO....🙄ENG KATTA XATO....🙄Vashington choyxonasi: Turkiston legioni a'zosi bilan suhbatVashington choyxonasi: Turkiston legioni a'zosi bilan suhbatArmon (Obid Yunusov). Hujjatli film -  Xurshid Davron kutubxonasiArmon (Obid Yunusov). Hujjatli film - Xurshid Davron kutubxonasiIchki bozordagi mashinalar nima uchun sifatsiz?Ichki bozordagi mashinalar nima uchun sifatsiz?Юлдуз Орипова: Отам ҳақида кино олинса, мен консультант бўламанЮлдуз Орипова: Отам ҳақида кино олинса, мен консультант бўламанSUXANDONLIK DARSLARI | 1-QISMSUXANDONLIK DARSLARI | 1-QISMQozoqboy Yo'ldoshev 'Mening kutubxonam' ko'rsatuvida - Xurshid Davron kutubxonasiQozoqboy Yo'ldoshev 'Mening kutubxonam' ko'rsatuvida - Xurshid Davron kutubxonasi'Umr daftari' turkumidan: Mirtemir. 3 qismli videofilm. Xurshid Davron kutubxonasi'Umr daftari' turkumidan: Mirtemir. 3 qismli videofilm. Xurshid Davron kutubxonasiЭксперт: “Кредитларга нисбатан аҳолининг даромад даражаси паст”Эксперт: “Кредитларга нисбатан аҳолининг даромад даражаси паст”
Яндекс.Метрика