Загрузка страницы

Orif Hatamov. Qoshi yosinmu deyin. 1-albom – Xurshid Davron kutubxonasi

O‘zbekiston xalq hofizi, zabardast bastakor, mohir sozanda, o‘zbek mumtoz musiqa ijrochiligi va ijodkorligida o‘ziga xos maktab yaratgan Orifxon Hotamov Jizzax shahrida Hotamxon Ne’matov oilasida 1927 yilning 10 oktyabrida tavallud topgan. U oilasidagi yetti farzandning to‘ng‘ichi edi. Hotamxonota oilasi bilan 1936 yili Toshkentga ko‘chib keladi. Orifxon maktabda o‘qib yurgan paytlarida musiqaga qiziqadi va musiqa to‘garagiga qatnashadi. 1944 yili u Muqimiy nomidagi musiqiy teatrning cholg‘u ansamblida ishlay boshladi, bir yildan so‘ng esa O‘zbek davlat filarmoniyasiga ishga o‘tdi. Ushbu san’at dargohining turli konsert brigadalarida 5 yil davomida o‘z zamonasining zabardast ustoz-xonanda va sozandalari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatadi. 1950 yil O.Hotamov Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida g‘ijjak bo‘yicha o‘qiydi. Ayni paytda ijrochilik faoliyatini davom ettiradi. 1954 yili o‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, 1957 yilga qadar madaniyat uylaridagi badiiy havaskorlik to‘garaklarida yoshlarga musiqadan saboq beradi. 1957 yili O‘zbekiston radiosi qoshidagi Doni Zokirov rahbarligidagi o‘zbek xalq cholg‘ulariorkestriga, 1959 yili esa shu dargohda, atoqli bastakor O‘zbekiston xalq artisti G‘.Toshmatov rahbarligida keksa san’atkorlardan tashkil topgan musiqiy-etnografik ansamblga taklif etildi. O. Hotamov 1976 yildan boshlab maqomchilar ansamblida xizmatini davom ettiradi, 1989-99 yillarda M.Uyg‘ur nomidagi San’at institutida dotsent lavozimida talabalarga an’anaviy xonandalik bo‘yicha saboq berdi. 1999 yildan umrining oxirigacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasining an’anaviy ijrochilik kafedrasida yosh sozanda va xonandalarni tarbiyaladi.

Bastakor O.Hotamovning ijodkorlik faoliyati ham o‘ziga xos va serqirradir. U o‘tgan davrda 500 dan ortiq kuy va ashulalar yaratdi. Butun ijodi davomida Yassaviy, Xayyom, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Amiriy, Nodira, Haziniy, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Huvaydo, Muqimiy, Mashrab, Furqat, Roziy, Salohiy, Rojiy, Nisbat kabi o‘tmish, Habibiy, S.Abdulla, Chustiy, S.Zunnunova, Zulfiya, V.Sa’dulla, E.Oxunova, H.Yahyoyev, Nilufar, P.Mo‘min, T.To‘la, N.Muhammad, M.Ali kabi zamondosh shoirlarning she’rlariga ashulalar yaratdi. Bu asarlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur, ota-onalarimizning qadri, sevgi muhabbat kabi mavzular o‘z ifodasini topgan. Masalan, “Naylayin”, “Qaro bo‘libdur”, “Oqara boshladi”, “Bo‘libdur”, “Guluzorim mening”, “So‘nmasmu”, “Yor sendek” (Navoiy so‘zlari); “Bildingmu”, “Dunyo mening”, “Umring yeldek o‘tadi”, “Saxovat yo‘q” (Yassaviy she’rlariga); “Firoqingizda”, “Sensan sevarim”, “Sendin ne hosil” (Lutfiy she’rlari); “Bilmas”, “Aylamish” (Fuzuliy she’rlari), “Ey sabo”, “Seni ko‘rdim”, “Bo‘lmasa”, “Alamdur”, “Dema”, “O‘lduraymu dermisan”, “Hojat emas”, “Toqatim” (Mashrab she’rlari); “Davron meni o‘tkardi”, “Orazin aytay”, “Parvo qilmayman” (Bobur she’rlari); “Yetib vaslingga”, “Bahonaqilib”, “Bulbuli beqarormiz”, “Men keldim” (Ogahiy she’rlari); “Fido”, “Bahor et”, (Nodira she’rlari) “Aylading qo‘yding”, “Ey sarvi qomat”, “Savol aylab”, “Rahm aylading”, (Furqat she’rlar) “Yor esang yonimda bo‘l”, “Go‘zal bu”, “Qo‘lingda toleyim” (Uyg‘un she’ri); “Farzand”, “Ko‘zing”, “Ahbobi bilan” ( S.Abdulla she’rlari); “Tabassum”, “Ohista – ohista” (T.To‘la she’rlari); Shoir Chustiy bilan hamkorlikda juda ko‘p ashulalar yaratdi: “Vatandir”, “Paydo bo‘libdur”, “Muddaolardan holi”, “Ovora bo‘lma, deydi”, “Indamaslar olami , “Rizo qiladi”, “Derlar”, “Tengi yo‘q”, “Kechmadim”, “Bo‘lurmi”, “Ishi yo‘q”, “Kam bo‘larmidi”, “Suratingizdan o‘rgilay”, “Bahor ayyomida”, “Bir qadah”, “Noz etay, keling” va boshqalar.U yarim asrdan ko‘proq vaqtdan beri Muhabbatxon aya bilan 10 farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. O‘g‘illari Ismoilxon, Muhammadxon va Ne’matxonlar ota kasbini egallashdi va xalqqa xizmat qilmoqdalar. Orifxon Hotamov 1987 yili “Mehnat faxriysi” ordeni, 1989 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1993 yili “O‘zbekiston xalq hofizi” faxriy unvonlari, 1997 yili “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Видео Orif Hatamov. Qoshi yosinmu deyin. 1-albom – Xurshid Davron kutubxonasi канала Xurshid Davron Kutubxonasi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 августа 2018 г. 8:58:03
01:55:07
Яндекс.Метрика