Загрузка страницы

Isroil Rafahning Misr bilan chegara punktini egallab oldi

7-may kuni Isroil armiyasining 401-tanklar brigadasi Rafah shahrining Misr bilan chegara punktini egallab oldi. Garchi bir kun avval XAMAS Misr va Qatar vositachilik qilayotgan sulh bitimini qabul qilgan, biroq Isroil shartlar vositachilar tomonidan yumshatib yuborilganini aytib, yakuniy kelishuv bo'yicha o'z delegatsiyasini yo'llashini bildirgan. Joriy vaziyat Isroilning G'azodagi so'nggi najot maskani sanalgan Rafahga qo'shin kiritish ahdidan qaytmaganini ko'rsatmoqda. 7-oktabr kuni XAMASning Isroilga hujumi va qariyb 1200 kishini o'ldirgani ortidan boshlangan bu urushda G'azo sektori to'liq vayronaga aylandi, o'limlar soni 34 789 kishiga yetgan. Qurbonlarning katta qismi bolalar va ayollardan iborat.

Видео Isroil Rafahning Misr bilan chegara punktini egallab oldi канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
7 мая 2024 г. 18:06:58
00:00:43
Яндекс.Метрика