Загрузка страницы

Ramazonga oid savol-javoblar || 01.05.2019 || Shayx Sodiq Samarqandiy

Bu darsimizda berilgan savollar quyidagilardir:

0:00 Ramazon oyi haqida
16:22 1. Roʻza qachon farz qilingan va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ramazon roʻzasini nechchi yil tutganlar?
16:51 2. Ramazon oyi kirganini qanday bilamiz?
18:45 3. Taroveh namozida toʻrt rakaatdan keyin oʻtirib dam olinadi va “Subhaana zil-mulki val malakuut...” deb boshlanadigan zikr oʻqiladi. Bunday qilish bidʼatmi?
19:47 4. Boʻydoq yigit ramazonda jinsiy aloqani xayol qilishi natijasida shahvati chiqib ketsa, roʻzasi buziladimi?
20:37 5. Men chet elda ishlayman. Gʻayridinlar bilan yashayman. Ular koʻp chekishadi. Ular chekkanida menga hidi kelsa, roʻzam buziladimi?
21:36 6. Ramazondan avvalgi shak kuni qayerdan kelib chiqqan? Shu kunda albatta qabristonni va ota-onalarni ziyorat qilish kerakmi?
24:01 7. Ustoz, topgan puli shubhali boʻlgan kishi iftorlikka chaqirsa, borsa boʻladimi?
26:08 8. Balog'atga to'lmagan bolalar ham ro'za tutgani afzalmi?
27:12 9. Ustoz, ramazondan toʻliq foyda olish uchun qanday amallar qilaylik va qanday bidʼat va gunohlardan saqlanaylik?
28:14 10. Ro'zador odam atir va xushbo'yliklardan qanchalik darajada foydalanishi joiz?
28:45 11. Ogʻiz toʻldirib qusish roʻzani buzadimi?
33:00 12. Ramazonga xos og'iz ochish va yopish duolari sunnatga muvofiq qanday o'qiladi? Bizda mashxur bo'lganlari sunnatda yo'q ekan.
34:29 13. Oldingi ramazondan qolib ketgan qazolari bo'lsa bu ramazongacha tutib olish shartmi?
36:03 14. 3-4 yil ketma-ket homilador bo'lgan ayol qazo ro'zalarini ketma-ket tutishi kerakmi?
36:48 15. Ro'za tutib qon oldirsa ro'zaga ta'siri bo'lmaydimi?
38:38 16. Ro'zasini sigaret bilan ochadiganlarga nasihat qilsangiz.
40:31 17. Ro'za tutib namoz o'qimaydigan kishilarga nasihat qilsangiz.
43:00 18. Ramazonda tarovih o'qimay vaqat qiyomul-layl o'qisa bo'ladimi?
43:50 19. Barcha amallar o'zimiz uchun, ro'za esa faqar Alloh uchunmi? Shuni tushuntirib bersangiz.
45:37 20. Zakotimni bermay turib ramazon oyiga mo'ljal qilib bersam, kech qolganim uchun gunohkor bo'lmaymanmi?
46:35 21. Ro'zadorga iftorlik qilib bergan kishiga alohida ajr vada qilingami?
47:54 22. Bizda kun issiq va uzun ekani uchun ro'zani yarmini uxlab o'tkazsak ajrdan mahrum bo'lib qolmaymizmi?
48:32 23. Ramazonda iftorlikni aniq o'z daqiqasida ochish kerakmi yoki biroz kech qolsa ham bo'ladimi?
49:51 24. Ustoz ishxonada ishchilarga peshinda ovqat berish sharti bilan ishga olganmiz. Ramazonda ovqat bermasdan ovqat pulini oylikka qoshib bersak bo'ladimi?
50:22 25. Ustoz, men kechki payt ishlayman, ro’za tutib, kunduzi uxlasam joiz bo’ladimi?
51:10 26. Ramazon oyidan boshqa oylarda man etilgan kunlardan tashqari oyni toʻliq roʻza bilan oʻtkazish mumkinmi?
52:15 27. Ramazonda ayollar jamoat boʻlib namoz oʻqishi va uning ajri haqida maʼlumot bersangiz
53:46 28. Dori ichadigan odam ramazonda nima qiladi?
54:15 29. Odam soʻlagini yutsa roʻzasi buziladimi?
54:57 30. Aka oʻz opa-ukalariga fitr sadaqasi bersa boʻladimi?
55:22 31. Ustoz, men Rossiyadan ro’za tutgan holda uyga borsam va qarindoshlar ko’rishgani kelsa, taom ustida og’zimni ochib yuborsam joiz bo’ladimi?
56:03 32. Ustoz, men oshxonada oshpaz bo'lib ishlayman. Ishxonam ramazonda ham ishlaydi. Ramazonda ishlashim to'g'rimi yoki ta'tilga chiqaymi? Qanday maslahat berasiz?
56:29 33. Roʻzador inson misvok ishlatishi joizmi?
57:54 34. Saharlik quyosh chiqishidan avval boʻlishi kerakmi yoki odam odamni tanimaydigan darajada qorongʻu vaqtdami?
58:28 35. Musofir yurtda yurgan inson vataniga bir yo ikki yilda bir necha oyga kelsa, oʻsha paytda roʻzasini tutib bersa boʻladimi?
59:33 37. Ramazongacha xatmi Qurʼon boshlasa va ramazon kirgunicha xatmni tugatolmagan boʻlsa, ramazonda boshidan boshlaydimi yoki shaʼbonda boshlaganini davom ettiradimi?
1:00:10 38. Ro'zaning kafforati haqida ma'lumot bersangiz
1:01:54 39. Uxlab turganimda tishlarim qonagan boʻladi. Qon ichimga ketib qolgan boʻlsa roʻzam buzilmaydimi?
1:02:26 40. Ustoz, bizda roʻza rasman 6 chi maydan tutiladi, deyildi. Agar shaʼbonning 29 chi kuni oy koʻrinsa ertasidan tutamizmi?
1:04:10 41. Taroveh namozida imomga iqtido qilamizmi?
1:05:16 42. Tarovehni nechi rakat o'qish sunnatga muvofiq bo'ladi?
1:06:34 43. Ramazon oyida 3-4 kunga safarga chiqqan kishi ro'za tutadimi?
1:07:48 44. Roʻzador odam qanday oziq-ovqat mahsulotlarini yeyishi man qilingan?
1:08:54 45. Ramazonda jannatiylar roʻyxati tuziladi, deyishadi. Shu gap toʻgʻrimi?
1:09:34 46. Ramazon oyida uzr bilan ro'za tutolmaganlar keyin qazosini tutayotganda taroveh namozini ham o'qiydimi?
1:09:57 47. Ustoz, ramazonda ochlikdan qon bosimi tushsa, ogʻiz yopishdan oldin dori ichib tutsak boʻladimi?
1:10:34 48. Bir kishi ramazon oyida tahajjud namozi o'qimoqchi bo'lsa, taroveh namozidan keyin vitrni jamoat bilan o'qimasligi kerakmi, agar shunday bo'lsa jamoat vitr o'qiyotgan payt u inson nima qiladi? Yoki vitrni jamoat bilan o'qib, keyin tahajjud o'qish ham joizmi?
1:12:37 49. Ramazon oyida tishni davolatish mumkinmi?

davomi komment qismida...

Видео Ramazonga oid savol-javoblar || 01.05.2019 || Shayx Sodiq Samarqandiy канала IXLOS TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 мая 2019 г. 21:13:03
02:23:12
Яндекс.Метрика