Загрузка страницы

Asli, men kimliging bilmayman..

Maktub ham yozmaysan - kutaman,
Sen deya bog‘landim röyoga.
Xayolda qo‘llaring tutaman,
Begona bölgancha dunyoga...
Sen - o‘sha, o‘zidan ortmagan,
Sen - o‘sha, eng olis osmonsan.
Sen - o‘sha, so‘zidan qaytmagan,
Yomonsan,
Yomonsan,
Yomonsan!
Yulduzga yetmaydi qo‘llarim,
Iqrorman o‘zimni yengmoqqa.
Kutishdan tolmas bu yo‘llarim,
Senda-chi jur'at yöq
kelmoqqa!
Yuzlaring ko‘rayin,
yo‘g‘asam...
Asli, men kimliging bilmayman!
Seni bu hayotda ko‘rmasam,
Men qaytib dunyoga kelmayman!
Umidim yurakka tutar bol..
O‘zimdan kuchlidir sabotim.
Ne uchun borsan-u, ey xayol,
Nimaga yo‘qsan sen, hayotim?
Ruhimdan buyukdir bu hijron
Yo‘lsizlik yurakka tosh bo‘ldi.
Men seni sahrodek kutyapman,
Dengizdek tosh - bo‘ldi, tosh - bo‘ldi!
Sen - o‘sha, armonga o‘xshaysan,
Savolga o‘xshaysan, sirsan, sir!
Bilaman...
kelmaysan
kelmaysan,
Men esa kutaman.., negadir.

Nodira Nazar

@NodiraNazar

Видео Asli, men kimliging bilmayman.. канала Nodira Nazar VLOGS
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
16 июня 2020 г. 20:13:01
00:01:51
Яндекс.Метрика