Загрузка страницы

Navbahor - Paxtakor Live Superliga Uzbekistan

Superliganing ikkinchi davrasidan o'rin olgan dastlabki bahs "Navbahor" va "Paxtakor" o'rtasida kechadi.

19:00 NAVBAHOR — PAXTAKOR
1 sentyabr 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 19:00
Hakamlar: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Superliganing so'nggi 4ta uchrashuvida umuman yuta olmagan "Navbahor" oxirgi 4ta turda faqat g'alaba qozongan "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Bu ikki klub hozirga qadar O'zbekiston chempionatida 58 marta to'qnash kelgan. "SHerlar" 36 bor g'alabaga erishishgan, "lochinlar" hisobida 13ta g'alaba bor. Qolgan 9ta uchrashuvda durang kuzatilgan. 0"Paxtakor" o'zaro o'yinlarda 98ta, "Navbahor" 45ta gol urgan. "Navbahor" oxirgi o'zaro 4ta uchrashuvda bu jamoani mag'lub eta olmagan - 3ta durang, 1ta mag'lubiyat.

Birinchi davrada "Paxtakor" maydonida o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. O'sha uchrashuvda bosh hakam ikkala jamoa futbolchilari bittadan qizil kartochka ko'rsatgan edi.

"Navbahor"da 4ta gol urgan Azizbek Turg'unboev klub to'purari bo'lib turibdi. "Paxtakor"da 13ta gol urgan Dragan CHeran o'z klubining ham, chempionatning ham to'purari hisoblanadi.

Mazkur uchrashuvga turning markaziy o'yini sifatida qaralmoqda. CHunki ikkala jamoa ham bugun eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. Uchrashuvni bahraynlik hakam Navaf SHukrulla boshqarib borishi esa o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada orttiradi.

Turnir jadvalida "Paxtakor" 42 ochko jamg'argan holda yakka peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" o'zining eng yaqin taqibchisi "Bunyodkor"dan olti ochkoga o'zib ketgan. "Navbahor" esa 31 ochko yig'ib 4-o'rinni egallab turibdi.

"Navbahor" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa o'tgan yildan beri o'z maydonida yutqazgani yo'q. Namanganliklar so'nggi bor 2016 yilning 27-turida uyda "Qizilqum"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. SHundan so'ng jamoa oxirgi uchta turni safarda o'tkazgan.

O'tgan yilgi mavsumda "Navbahor" o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazib, shundan 10tasida g'alaba qozongan va besh bor durang o'ynagandi. To'plar nisbati 24-11. Bu yil esa "Lochinlar" 9ta o'yinda harakat qilib, shundan 7tasida zafar quchishdi va ikki bor durang qayd etishdi. To'plar nisbati 17-2. Demak, "Navbahor" o'z uyida 24ta uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmay kelmoqda va bugun ham shu ananani davom ettirishga harakat qiladi.

Bilasizmi? "Navbahor" Superliga bahslari doirasida o'z maydonida faqat ikkita to'p o'tkazib yuborgan: "Bunyodkor" va "Neftchi"dan bittadan.

Fakt: "Navbahor" oxirgi beshta turning faqat ikkitasida g'alaba qozondi. Har ikkala g'alaba uydagi o'yinlarda qo'lga kiritildi: "Qo'qon-1912" 3:0 va "So'g'diyona" 2:0.

Turnir jadvali peshqadami "Paxtakor" bugun ushbu mavsum hisobidan safardagi 10-uchrashuvda maydonga tushadi. Bungacha o'tkazilgan 9ta bahsning 5tasi g'alaba bilan yakun topgan. Jamoa ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. Safar o'yinlarida to'plar nisbati 13-6.

Fakt: "Paxtakor" oxirgi uch turni ketma-ket uchta g'alaba bilan yakunladi. Jamoa o'z maydonida "Buxoro" va "Metallurg", safarda "Qizilqum"ni mag'lub etdi. O'tgan yil Namanganda kechgan o'yinda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Donat Qilish Uchun marhamat💟 https://www.donationalerts.com/r/superliga_uzbekistan

Видео Navbahor - Paxtakor Live Superliga Uzbekistan канала SUPERLIGA UZBEKISTAN
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
1 сентября 2020 г. 21:10:35
02:05:39
Яндекс.Метрика