Загрузка страницы

Sitorai Mohi Хоssа Saroyi

Sitorai mohi xosa saroyi
Buxorodagi mangʻitlar sulolasining 3 avlodiga mansub saroy — bogʻ. Buxoro shahridan 4 km masofada, shimolda, shahar chetida joylashgan. Dastlabki binolar Nasrullaxon (1826 - 1860) va Muzaffarxon hukmronligi davrida qurilgan. Abdulahadxon hukmronligi davri (1885 - 1910) yillarda saroy va xushmanzara bogʻ barpo etilgan. Amir Olimxon hukmronligi davri (1910 - 1920) yillarda yangi saroy qurilgan.
Sitorai mohi xosa saroyi- eski saroy, gʻisht toʻshalgan 3 hovli va koʻpgina xonalardan iborat. Bu yerdagi amir Muzaffarxon mehmonxonasi keng , baland zali, ikki tomondagi bolxonali ayvonlari, yevropacha eshik va derazalari bilan ajralib turadi. Uch qismga boʻlingan murabba tarhli xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon xonasi birbiriga qaramaqarshi joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan 2 zal oʻrtasidagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning gʻarb tomoniga shohnishin taxt oʻrnatilgan. Eski saroy sharqidagi amir Olimxonning bosh qarorgohi - yangi saroyga ravoqli muhtasham darvoza oʻrnatilgan. Darvoza ustidagi ravoq Oʻrta Osiyo binolariga xos boʻlmagan shaklda ishlangan, yon qismlari sirlangan, toʻq qizil, koʻk, gunafsha va havo rang koshin bilan qoplangan. Anʼanaviy sirkori parchinlar bilan birga Rossiyadan keltirilgan kafel qoplamalardan ham foydalanilgan. Darvozaning tepa qismiga ganchdan guldon shaklidagi bezaklar ishlangan. Yogʻochdan qilingan ikki tabaqali darvozaga milliy naqshlar oʻyilgan va mis gul mixlar bilan mustahkamlanib, nafis guldor zulfin oʻrnatilgan.
Darvozaxonadan tashqi hovliga oʻtiladi. Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Darvozadan kirishda oʻng qoʻlda kichkina favvora bor. Katta ayvon hovlining shimol tomonida, gʻarb tomonida oqsaroy, janub tomonida esa oynavand ayvon, kutish xonasi va amirning qabulxonasi joylashgan. Binoga kiraverishda Gʻozgʻon marmaridan usta Abdurahim yoʻnib ishlagan sher haykallari bor. Amir qabulxonasi daxlizi devorlari ganchdan naqshdor qilib bezatilgan. Namoyonlariga naqqosh usta Oqsaroy ichkarisi Sharqning jimjimador, nafis naqshlari jozibador gullari bilan uygʻunlashgan. Devorning koʻzgulardan iborat boʻlishi va gulganchdan ishlangan bezaklarning koʻzni qamashtiradigan darajada oqligi xonani ko`rkam qilib koʻrsatadi.
Oqsaroy 2 yil mobaynida Usta Shirin rahbarligida (25 - 30 kishi tomonidan) qurilgan va pardozlangan. Yangi saroy rus muhandislari Sakovich va Margulis rahbarligida qurilgan. Qabulxona Yevropa uslubida biridan ikkinchisiga oʻtiladigan qilib qator joylashtirilgan. Yangi saroyning kiraverishi boqqa tutashib ketgan. Bogning shimol qismida haram joylashgan. Uning gʻarbida haram xizmatkorlari uchun xonalari boʻlgan kichik hovli bor. Haram 2 qavatli va yarim doira shaklida qurilgan. Mahalliy meʼmorlik anʼanalarini oʻzida saqlab qolgan. Bogʻning qoq oʻrtasida 8 xonali koʻshk bor. Uning xonalari 8 qirrali qilib qurilgan mehmonxona atrofida joylashgan. Oshxonaning devorlari tilla va kumush suvi yugurtirib bezatilgan. Koʻshkning janubida toʻgʻri burchakli devori tokchali katta xona boʻlgan. Qolgan boshqa xonalar yotokxona va xizmatkorlar uchun moʻljallangan. Bogʻning janubida ikki qavatli masjid, katta hovuz (1917 – 1918 yili) qurilgan. Hovuz kulrang Gʻozgʻon marmari bilan qoplangan. Binoning ichida uzun yoʻlak boʻlib, xonalari faqat bir tomondan shamollatilgan.
Buxoro Amirligi qulaganidan keyin, 1927 yilda, saroy muzeyga aylandi. Hozirda bu yerda san'at va hunarmandchilik asarlari, saroy mebeli, zargarlik, Yaponiyaning 14-20 asrlarga tegishli chinnisi saqlanadi. Hamda Buxoro ustalarining oltin mahsulot ko'rgazmasini o'z ichiga oladi.
Hozirda ham huddi yuz yil avvali, mehmonlarni qabul qiladigandek oppoq bino hovlisida ko`rkamli tovuslar kutib oladi.

Видео Sitorai Mohi Хоssа Saroyi канала U R
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
21 ноября 2017 г. 22:32:08
00:04:58
Другие видео канала
Buxoro Arki | Бухоро АркиBuxoro Arki | Бухоро АркиАМИР ОЛИМХОН ЗИНДОНИ
БУХОРО | УЗБЕКИСТАН | AMIR OLIIMXON ZINDONI 3-QISM 2019 IYUL #SurXonMediaАМИР ОЛИМХОН ЗИНДОНИ БУХОРО | УЗБЕКИСТАН | AMIR OLIIMXON ZINDONI 3-QISM 2019 IYUL #SurXonMediaДворец эмира Бухарского в ЖелезноводскеДворец эмира Бухарского в ЖелезноводскеАМИР ОЛИМХОННИНГ УГЛИ ТОПИЛДИ || БАРЧА ХАКИКАТЛАР ВА ОЛТИНЛАРИ ХАКИДААМИР ОЛИМХОННИНГ УГЛИ ТОПИЛДИ || БАРЧА ХАКИКАТЛАР ВА ОЛТИНЛАРИ ХАКИДА"Николай II. Круг жизни". Фильм первый"Николай II. Круг жизни". Фильм первыйМохи хоса (Бухара) 4Мохи хоса (Бухара) 4Бухарский эмират - 1890 год. Фотографии французского путешественника Поля НадараБухарский эмират - 1890 год. Фотографии французского путешественника Поля НадараАмир Олимхоннинг ҳеч қаерда эълон қилинмаган нодир тасвирлариАмир Олимхоннинг ҳеч қаерда эълон қилинмаган нодир тасвирлариДом Эмира Бухарского на Каменноостровском проспектеДом Эмира Бухарского на Каменноостровском проспектеBuxoro Amiri ARKni nega y'oq qilmoqchi b'olgan???Buxoro Amiri ARKni nega y'oq qilmoqchi b'olgan???Деҳлидаги Имом Бухорий авлодлари Бухорога қайтмоқда - BBCUZBEK.COMДеҳлидаги Имом Бухорий авлодлари Бухорога қайтмоқда - BBCUZBEK.COMShuhrat Kayumov kontsert dasturi 3Shuhrat Kayumov kontsert dasturi 3АМИР ОЛИМХОН ВА БУХОРО АМИРЛИГИНИНГ АФСОНАВИЙ ОЛТИНЛАРИАМИР ОЛИМХОН ВА БУХОРО АМИРЛИГИНИНГ АФСОНАВИЙ ОЛТИНЛАРИamir Olimhon haqidagi filmdan parchaamir Olimhon haqidagi filmdan parchaАМИР ОЛИМХОН БОЙЛИГИ АНИКЛАНДИ-АСЛИДИ ХАММАСИАМИР ОЛИМХОН БОЙЛИГИ АНИКЛАНДИ-АСЛИДИ ХАММАСИСалохиддин Файзиев-Одамлар (Ривоят)Салохиддин Файзиев-Одамлар (Ривоят)Xoja Doniyor maqbarasi haqida qiziqarli ma'lumotlarXoja Doniyor maqbarasi haqida qiziqarli ma'lumotlarБУХОРО АМИРЛИГИНИНГ ХУДУДИБУХОРО АМИРЛИГИНИНГ ХУДУДИНишон роянидан Президентга терма жозған Опаға жовап.Нишон роянидан Президентга терма жозған Опаға жовап.100 йил. Бухоро амирлиги ва унинг тугатилиши. 100 лет. Бухарский эмират и его свержение.100 йил. Бухоро амирлиги ва унинг тугатилиши. 100 лет. Бухарский эмират и его свержение.
Яндекс.Метрика