Загрузка страницы

“Kamera koʻtargan maymunlar” – EFFECT.UZ xodimlari hokimiyatdagi haqorat va jiddiy hujum haqida

Joriy yilning 13-may kuni Effect.uz internet-nashri xodimi Gʻiyosbek Eshov bilan Fargʻona viloyati Quva tumanida sodir boʻlgan hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab boʻldi.

Hodisa kechki soat 19:00 ga yaqin Effect.uz muxbiri Elyor Tojiboyev hamda operator Gʻiyosbek Eshov Quva tumani hokimligi binosidan chiqib, Fargʻona shahriga qaytayotgan vaqtda sodir boʻlgan. Internet-nashr xodimlari tuman hokimiyatga nogiron ayolning murojaatini oʻrganish maqsadida izoh olish uchun borishgan edi.

Hokimiyat binosida janjal yoki ziddiyatli holatlar kuzatilmagan. Koʻp yillardan beri yechimi topilmagan muammo yurist-jurnalist Elyor Tojiboyevning olib borgan jurnalistik surishtiruvi natijasida nogiron ayol foydasiga qondirilayotgan edi. Hokimiyat vakillari esa bundan norozi kayfiyatga tushib qolgan. Hatto norozilik kayfiyati OAV xodimlarini “kamera koʻtargan maymunlar” deya haqorat qilish darajasigacha yetib borgan.

Bu bilan Effect.uz xodimiga qilingan hujum hokimiyat “buyurtmasi” boʻlgan deyishdan yiroq... Yuqorida shunchaki, hodisagacha boʻlgan jarayonlar tafsilotini keltirib oʻtdik. Mazkur ish kimga kerak boʻlgani, kimning buyurtmasiga koʻra sodir etilgani atrofida aylanayotgan mish-mish, taxminlarga voqealar jarayonini nazoratga olgan Bosh prokuratura hamda IIO xodimlarining oqilona xulosasidan soʻng yakun yasaladi degan umiddamiz.

Operatorning shaxsiy mashinasini tosh bilan urib, sindirgan, koʻziga yoshlantiruvchi suyuqlik modda sepib, mashinada boʻlgan tahririyat mulki – videokamerani olib qochib, ustiga-ustak videokamera flesh-kartasida mavjud boʻlgan hokimiyat binosida yozib olingan videolavhalarni oʻchirib yuborishga hech kimning haqqi yoʻq edi...

Voqeaning kichik “qahramonlari” boʻlgan 4 nafar shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻsha kunning oʻzida qoʻlga olindi. Mazkur holat boʻyicha U.Ismoilov, O.Azaliyev, M.Xusanov va S.Raimjonovlarning harakatlarida talonchilik, yaʼni bir guruh shaxslar tomonidan oldidan til biriktirib, oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish jinoyat alomatlari mavjudligi sababli ularga nisbatan 14-may kuni IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va O.Azaliyev, M.Xusanov va S.Raimjonovlar JPKning 221-moddasi tartibida ushlab turilibdi. Ushbu shaxslarning ikki nafari Quva tumani, yana ikki nafari Andijon viloyati Asaka tumanidan.

Maʼlumot uchun, EFFECT.UZ xodimi bilan sodir boʻlgan noxush holat Oʻzbekistonda 20 ga yaqin internet-nashrlarda yoritildi. Telegram messenjerida 50 ga yaqin kanallarda tarqaldi, bundan tashqari, bloger, jurnalistlar oʻz sahifalarida hodisa bilan ulashdilar. Shuningdek, jahon ommaviy axborot vositalari hamda nohukumat tashkilot “Human Rigts Watch” (“Inson huquqlari himoyachisi”) ham hodisani jurnalistga uyushtirilgan hujum sifatida eʼtibordan chetda qoldirmadi.

Quyidagi videoda EFFECT.UZ internet-nashrining Fargʻonadagi muxbiri Elyor Tojiboyev hamda jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan operator Gʻiyosbek Eshov boshidan oʻtkazganlari haqida bloger Mashhur Nazarovga maʼlumot bergan:

Eslatib oʻtamiz: ushbu videointervyu hodisa sodir boʻlgan kun – 13-may tunda yozib olingan.

Официальный сайт: http://www.effect.uz/
Instagram http://instagram.com/effectuzb
Telegram https://telegram.me/effectuz
Facebook https://www.facebook.com/effect.uz/
Twitter https://twitter.com/Effectuzb
ВКонтакте https://vk.com/effectuz
Одноклассники https://ok.ru/group/55599312601190

Видео “Kamera koʻtargan maymunlar” – EFFECT.UZ xodimlari hokimiyatdagi haqorat va jiddiy hujum haqida канала EFFECT UZ
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
17 мая 2020 г. 13:18:59
00:10:12
Другие видео канала
ДХХ СУДЬЯЛАРНИ ПОРА БИЛАН УШЛАДИ… – EFFECT.UZДХХ СУДЬЯЛАРНИ ПОРА БИЛАН УШЛАДИ… – EFFECT.UZБУ ИШЛАР ОРТИДА ҚАНДАЙ КУЧ БОР? ТУРКИЯ КОМПАНИЯСИ ГЕО ВАЗИРЛИК БИЛАН СУДЛАШЯПТИ… – EFFECT.UZБУ ИШЛАР ОРТИДА ҚАНДАЙ КУЧ БОР? ТУРКИЯ КОМПАНИЯСИ ГЕО ВАЗИРЛИК БИЛАН СУДЛАШЯПТИ… – EFFECT.UZВАЗИР ҚАМАЛДИ, КЛАСТЕРДА ПУЛ ЙЎҚ, ФЕРМЕРДА ЭСА ВАРИАНТ… БОТҚОҚДАГИ СОҲАНИНГ ЧИРКИН ЎЙИНЛАРИ ҲАҚИДАВАЗИР ҚАМАЛДИ, КЛАСТЕРДА ПУЛ ЙЎҚ, ФЕРМЕРДА ЭСА ВАРИАНТ… БОТҚОҚДАГИ СОҲАНИНГ ЧИРКИН ЎЙИНЛАРИ ҲАҚИДА«КУЧИНГ ОЁҒИДА КАЛИШИ БОР, БЕЧОРАГА ЕТДИМИ?» — ЗОЙИР МИРЗАЕВ«КУЧИНГ ОЁҒИДА КАЛИШИ БОР, БЕЧОРАГА ЕТДИМИ?» — ЗОЙИР МИРЗАЕВАНДИЖОНДАГИ ЁНҒИН «ЗАКАЗ»МИ, ЁКИ УЮШТИРИЛГАН БАХТСИЗ ҲОДИСА?АНДИЖОНДАГИ ЁНҒИН «ЗАКАЗ»МИ, ЁКИ УЮШТИРИЛГАН БАХТСИЗ ҲОДИСА?«АДОЛАТ ФАҚАТ КИТОБЛАРДА ҚОЛГАНМИ?»: СИРДАРЁ (МИРЗАОБОД) ДА ШОВ-ШУВЛИ СУД ТАФСИЛОТЛАРИ – EFFECT.UZ«АДОЛАТ ФАҚАТ КИТОБЛАРДА ҚОЛГАНМИ?»: СИРДАРЁ (МИРЗАОБОД) ДА ШОВ-ШУВЛИ СУД ТАФСИЛОТЛАРИ – EFFECT.UZҲОКИМЛАРМИ: ДХХНИНГ НАВБАТДАГИ ЎЛЖАЛАРИ КИМ? – EFFECT.UZҲОКИМЛАРМИ: ДХХНИНГ НАВБАТДАГИ ЎЛЖАЛАРИ КИМ? – EFFECT.UZШАҲАР БЕДАРВОЗАМИ? ФАРҒОНАДА "КАТТАКОН"НИНГ ЎҒЛИГА ОДАМ ЎЛДИРИШ МУМКИНМИ? – EFFECT.UZШАҲАР БЕДАРВОЗАМИ? ФАРҒОНАДА "КАТТАКОН"НИНГ ЎҒЛИГА ОДАМ ЎЛДИРИШ МУМКИНМИ? – EFFECT.UZДХХ РЕСПУБЛИКАДАГИ КАТТА ҚИНҒИРЛИКЛАРГА НУҚТА ҚЎЙДИ – EFFECT.UZДХХ РЕСПУБЛИКАДАГИ КАТТА ҚИНҒИРЛИКЛАРГА НУҚТА ҚЎЙДИ – EFFECT.UZАМУДАРЁДА ФЕРМЕРЛАР ИШИ: КАТТАЛАР ТУМАНГА ЕТИБ КЕЛГАН, НАТИЖА БЎЛАДИМИ? – EFFECT.UZАМУДАРЁДА ФЕРМЕРЛАР ИШИ: КАТТАЛАР ТУМАНГА ЕТИБ КЕЛГАН, НАТИЖА БЎЛАДИМИ? – EFFECT.UZ«ҚАРЗ – ҚИЁМАТГА ҚОЛМАСИН!» – АМУДАРЁ ФЕРМЕРЛАРИДАН ПРЕЗИДЕНТГА МУРОЖААТ... – EFFECT.UZ«ҚАРЗ – ҚИЁМАТГА ҚОЛМАСИН!» – АМУДАРЁ ФЕРМЕРЛАРИДАН ПРЕЗИДЕНТГА МУРОЖААТ... – EFFECT.UZ“ИТДАН ТАРҚАГАНЛАР!” – ПРОКУРОР МФЙ РАИСЛАРИНИ ОҒЗИГА КЕЛГАНИ БИЛАН СИЙЛАДИ – EFFECT.UZ“ИТДАН ТАРҚАГАНЛАР!” – ПРОКУРОР МФЙ РАИСЛАРИНИ ОҒЗИГА КЕЛГАНИ БИЛАН СИЙЛАДИ – EFFECT.UZБУ АЁЛНИНГ ҚИЛГАН ИШИНИ, САБРИНИ КЎРИНГ! – EFFECT.UZБУ АЁЛНИНГ ҚИЛГАН ИШИНИ, САБРИНИ КЎРИНГ! – EFFECT.UZ"НОИНСОФ, ҚУТУРГАНМИСАН?" — ЭРКИН ТУРДИМОВ САМАРҚАНД КАТТАЛАРИНИ ЖИДДИЙ ОГОҲЛАНТИРДИ – EFFECT.UZ"НОИНСОФ, ҚУТУРГАНМИСАН?" — ЭРКИН ТУРДИМОВ САМАРҚАНД КАТТАЛАРИНИ ЖИДДИЙ ОГОҲЛАНТИРДИ – EFFECT.UZEFFECT.UZ ЖУРНАЛИСТИ АҚШДА.  У ПРЕЗИДЕНТГА МУРОЖААТ ЙЎЛЛАДИ – EFFECT.UZEFFECT.UZ ЖУРНАЛИСТИ АҚШДА. У ПРЕЗИДЕНТГА МУРОЖААТ ЙЎЛЛАДИ – EFFECT.UZҚУВАДА ФУҚАРОНИНГ УЙИ ЁҚИБ ЮБОРИЛДИМИ? – EFFECT.UZҚУВАДА ФУҚАРОНИНГ УЙИ ЁҚИБ ЮБОРИЛДИМИ? – EFFECT.UZИНСОФ БОРМИ? ТОШКЕНТДА АҲОЛИ АЗОБ ТОРТЯПТИ... – EFFECT.UZИНСОФ БОРМИ? ТОШКЕНТДА АҲОЛИ АЗОБ ТОРТЯПТИ... – EFFECT.UZУЯТЛИ, ОҒРИҚЛИ, ТАШВИШЛИ: ЕНГИЛ ҲАЁТГА ХАВАС ҚИЛГАНЛАР... – EFFECT.UZУЯТЛИ, ОҒРИҚЛИ, ТАШВИШЛИ: ЕНГИЛ ҲАЁТГА ХАВАС ҚИЛГАНЛАР... – EFFECT.UZУЛУҒБЕК ҚОСИМОВ ҚАЕРДА? ҚИЗИРИҚЛИК БОҒБОНЛАРНИНГ БОҒИ ҚУРИЯПТИ... – EFFECT.UZУЛУҒБЕК ҚОСИМОВ ҚАЕРДА? ҚИЗИРИҚЛИК БОҒБОНЛАРНИНГ БОҒИ ҚУРИЯПТИ... – EFFECT.UZИИБДАН ЎЛИГИ ЧИҚҚАН ЙИГИТ. У ЎЗИНИ ЎЛДИРДИМИ ЁКИ ЎЛДИРИЛДИ? – EFFECT.UZИИБДАН ЎЛИГИ ЧИҚҚАН ЙИГИТ. У ЎЗИНИ ЎЛДИРДИМИ ЁКИ ЎЛДИРИЛДИ? – EFFECT.UZ“БУ ЕРДА АДОЛАТ “ВАР”МИ?” — ТУРК ИШБИЛАРМОНИНИ “СИНДИРИШЯПТИМИ? – EFFECT.UZ“БУ ЕРДА АДОЛАТ “ВАР”МИ?” — ТУРК ИШБИЛАРМОНИНИ “СИНДИРИШЯПТИМИ? – EFFECT.UZ
Яндекс.Метрика