Загрузка страницы

Dasturlashga kirishni istagan barcha ko'rishi kerak bo'lgan video

🧐 Dasturlash o'zi nima? Dasturlashni o'rganish uchun nima qilish kerak? Dasturlashdagi qaysi yo'nalishni tanlasam ekan? Dasturlashni bitirib ish topa olamanmi? Dasturchilar o'zi yaxshi pul topadimi? Qaysi dasturlash tilini o'rganganim yaxshi? Shu kabi savollar kunma-kun kelishi odatga aylanib qolgan.

😇 Bu narsa bizni albatta quvontiradi. Chunki, bizning yurtimizda ham IT sohasini o'rganishga bo'lgan ishtiyoq ortishi rivojlanish yo'limizdagi muhim qadam sanaladi. Shu bois, biz Najot Ta'lim markazi yoshlarda har taraflama IT'ga bo'lgan ishtiyoqni, bilim va nazariyani oshirish maqsadida, 1-noyabr yakshanba kuni katta formatdagi dasturlashga bag'ishlangan tadbirni tashkil etgan edik.

Tadbirdan so'ng, ko'plab yoshlar tadbir videosini qachon chiqishini so'rab murojaat qilishdi, bu esa bizga yana-da motivatsiya berdi.

🚀 Har narsani vaqt-soati bor deganlaridek, bugun katta formatdagi tadbir videosini sizlar bilan bo'lishishga muyassar bo'ldik. Ushbu videoda siz:

🔹 Dasturlashni o'rgatish davomida erishilgan yutuqlar, tajribalar;

🔹 Muammolarga yechim sifatida taklif qilingan foundation o'zi nima ekanligi;

🔹 Foundation qancha oy davomida o'qitiladi va undan qanday natija kutsa bo'lishi;

🔹 Foundationga o'qimasdan turib bootcamp (intensiv) kurslarga qanday kirish mumkinligi va shu kabi bir biridan qiziqarli savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

💡 Eslatma tariqasida bu videoni ko'rishdan oldin, bitta achchiq qora choyni damlab, o'zingizni bezovta qiladigan har qanday narsadan bir munchaga voz kechib turishni tavsiya qilamiz. Yana aytib qo'yaylik, bu videoni ko'rib faqatgina dasturchi bo'laman, deb turib olsangiz bizdan emas 😉

Najot Ta'lim markazining telefon raqami: +998712001123

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Telegram: https://t.me/najottalim
Facebook: http://facebook.com/najottalim
Instagram: http://instagram.com/najottalim
TikTok: https://tiktok.com/@najottalim

#webdasturlash #najottalim #foundation

00:00 – Kirish

01:00 – Temurbek Adhamov nutqi. Ochiq darsdan maqsad;

02:35 – Ochiq darsning qisqacha mundarijasi;

03:10 – Boʻlajak dasturchining asosiy muammosi;

04:37 – Kurslarning turlari;

05:42 – Muhammadjavohir Surʼatov: orttirgan tajribalarimiz;

07:42 – Intensiv kurslar toʻgʻrisida;

15:00 – Saud Abdulvahid: Foundation;

22:51 – Humoyun Inoyatov: Frontend;

28:10 – Muhammadxon Najimov: Backend;

44:07 – Azamat Majidov: Android dasturlash;

58:55 – MN: iOS dasturlash;

1:06:17 – Tepadagi gaplarni umumlashtiradigan boʻlsak...;

1:10:59 – Savol-javob;

1:11:18 – Foundation oʻqish shartmi?;

1:12:27 – Kurslarning narxi va davomiyligi, grandga oʻqish;

1:15:15 – Endi full stack oʻqish majburiy emas;

1:17:04 – Sertifikat beriladimi?;

1:20:06 – Foundationʼga kirish uchun ham imtihon olinadimi?

1:21:36 – Frontend va dizaynerlik oʻrtasidagi bogʻliqlik;

1:24:54 – Dizaynerlikka oʻqish uchun Foundationʼda oʻqish shartmi?;

1:27:44 – Foundation shunchalik majburiymi?;

1:28:50 – Nega aynan Python?;

1:31:09 – C qiyin til-ku?;

1:35:05 – S darslarida nima oʻrgatiladi oʻzi?;

1:37:02 – Narxi qancha kurslarni ayting?;

1:42:00 – Sizlarni bitirib chiqib zavodlarda ishlash mumkinmi?;

1:49:20 – Dasturlash moliyachiga kerakmi?;

1:52:30 – Foundation ochilish vaqti qachon?;

1:54:17 – PayMe mutaxassisining Foundation kursi toʻgʻrisidagi fikrlari;

1:56:30 – Xayrlashuv

Видео Dasturlashga kirishni istagan barcha ko'rishi kerak bo'lgan video канала Najot Ta'lim
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
6 ноября 2020 г. 18:49:52
01:57:39
Яндекс.Метрика