Загрузка страницы

SPINNERLAR INSON UCHUN FOYDALI YOKI ZARARLI? SPINNERLAR NIMA UCHUN DUNYOGA SHOV SHUV BO'LIB KETDI?

SPINNER HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Sanoqli oylar ichida dunyo bo’ylab mashhurlikka erishgan SPInnerlar 2 yoki 3 ta parakli bo’lib, plastic ,temir yoki keramik matteriallaridan yasalgan bo’ladi. Spinnerning aylanishi uchun uning o’rtasiga podshibnik o’rnatilgan. Aynan shu podshibnik, barmoqlar bilan ushlab olinadi va o’yinchoqning parraklari aylantiriladi. Parraklarning aylanish vaqti unga berilgan kuch hamda spinnerning shakli va materiallariga bog’liq.

2. Ishlanishi sodda va foydasiz ko’ringanligiga qaramay spinnerlar insonnig mayda matorikasini va barmoqlarning sezuvchanligini oshiradi shuningdek qo’lning turli xil jarohatlaridan keyin tiklash uchun foydali hisoblanadi. Bundan tashqari o’yinchoq asab tarangligini va ruhiy zo’riqishni bartaraf qilishda yordam beradi. Shuning uchun bo’lsa kerak bu o’yinchoq asosan autism kassaligiga uchragan insonlar tomonidan ko’p ishlatiladi. Sog’ odamlar esa uni bir nimani kutayotgda yoki qandaydir tirbandliklarda qolib ketganda vaqtni tezroq o’tkazishga ishlatar ekanlar.

3. Spinnerni 1993 yilda Floridada yashovchi Кэтрин Хеттингер ismli ayol o’ylab tobgan ekan. Ketrin patologik mushaklar charchoq sindromiga chalingan edi. u ko’p vaqt qizi bilan o’ynay olmaganligi sababli qizini chalg’itish maqsadida bu o’yinchoqni gazaeta va skotchdan foydalanib yasab beradi. Bu o’yinchoq yana ko’pchilikga yoqadi va Ketrin ularni uyida yasab Floridaning San'at yarmarkalarida sota boshlaydi. U bir necha ming o’yinchoqlarni sotib unga patent oladi. Lekin bir qancha vaqt o’tmay o’yinchoqga odamlarning qiziqishi yoqoladi. 2005 yilda esa patentning muddati tugaydi. Uni cho’zish uchun 400 aqsh dollari talab etilganda, Ketrin buni rad etib o’yinchoqga bo’lgan barcha patent huquqlarini yoqotadi.

4. Oradan 11 yil o’tib mashxur Forbes nashiryoti ofis ishchilari bilan bo’lgan so’rovnoma natijalar matnini chop etadi. Unda ofis ishchilari klaviaturada doimiy ishlaganligi uchun barmoqlarda og’riq va qo’l charchog’idan shikoyat qilgan edi. Forbes 2017 yilda ofis ishchilari uchun spinner eng kerakli o’yinchoq degan maqolani chop etadi. Bu maqola spinnerlarni haqiqiy meynstrimga aylantiradi. Dunyo bo’ylab spinnerlar barcha ofis ishchilari va bolalarning sevimli o’yinchog’iga aylanadiki hattoki Aqsh ning 64 ta maktablarida bu o’yinchoq qatian taqiqlab qo’yiladi.

5. 2017 yilning aprel oyida bu o’yinchoqlarning savdosida haqiqiy portlash bo’ldi. Tasavur qiling atigi 1 oy ichida o’n millionlab bu qurilmalar sotildi. Bugungi kunda Spinnarlar savdosi Amazon, aliexpress va yana boshqa katta onlayn bozorlarida eng ko’p harid qilinayotgan maxsulot hisoblanadi. Youtubda esa biz buning natijasini ko’ryapmiz barcha blogerlar bu o’yinchoqda turli xil truklarni yoki ularning hilma hilligini ko’rsatishyapti.

6. Narxlarga kelsak Spinnerlarni narxi bugungi kunda bir necha dollarni tashkil etadi. Bu ularning shakli qanday materiallardan ishlanganligi va sfatiga bog’liq. Xozirda men eng qimmat ko’rgan spinnerning nomi Hand spinner gyro bo’lib Uning narxi $430.00 dollarni tashkil etadi. U butunlay kumushdan yasalgan.

7. Spinnerlarning katta mashxurligi hattoki mobil qurilmalarga ham o’tdi. Endilikda telefon yoki planshetlarning ekranida ham biz spinnerlarni aylanitirishimiz mumkin.

УЗФАКТ_УБ Каналларига Обуна булинг!
УБ_УЗФАКТ Телеграмда каналимиз
@ub_uzfakt https://telegram.me/ub_uzfakt
АДМИН https://telegram.me/ub_uzfakt_admin
========================================­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=
УБ_УЗФАКТ @ Instagram http://instagram.com/ub_uzfakt
УБ_УЗФАКТ @ Facebook http://www.facebook.com/ub_uzfakt
УБ_УЗФАКТ @ Вконтакте https://vk.com/club142099036
УБ_УЗФАКТ @ Одноклассники: https://ok.ru/profile/173516636597
========================================­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=­=
Биз хар хафтада сизлар учун 2-3 кизикарли маълумотлар, фактлар, лайфхаклар, топ 10, топ 5 лар ва бошка дунёо мужизалари тугрисидаги видеолар чикарамиз. Каналимизга обуна булинг. Комментарияларда уз фикирларингизни ёзиб колдиринг.

Кандай мавзуларда видео лар чикаришимизни хохлаган булар эдиз? Шуни ёзиб колдиринг!

Хамда лайклар куйишни унутманг!

Видео SPINNERLAR INSON UCHUN FOYDALI YOKI ZARARLI? SPINNERLAR NIMA UCHUN DUNYOGA SHOV SHUV BO'LIB KETDI? канала УЗФАКТ
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 июня 2017 г. 16:39:59
00:05:13
Яндекс.Метрика