Загрузка страницы

O‘lish uchun qaytib keldi... | @AbdukarimMirzayev2002

Va'da, ishonch va marhamat qissasi

Va'da – nomusdir! So‘z berish esa shunday bir xastalikki, uning shifosi faqat va faqat va’daga vafo qilish bilandir.

Hazrati Ali roziyallohu anhu shunday deydilar: “Va’da – o‘z vaqtida qaytarilishi kerak bo‘lgan qarzdir”. Rumiy hazratlarida ham ajoyib bir tashbeh keladi: “Inson xuddi daraxtga o’xshaydi, uning ildizi esa o‘z so‘zida sobit turishdir”.

O‘zimizga bir savol berib ko‘raylik: biz va’dalarimizning ustidan qay darajada chiqa olyapmiz?

Afsuski, bugun daryo bo’lmagan joyda ko‘prik qurishni va’da qiladigan, o‘z manfaati yo‘lida yolg‘on-yashiq so‘zlarni qalashtirib, boylikda, mansabda, martabada bir pog‘ona yuksalish payida bo‘ladigan kaslar tobora urchib borayotgandek, go‘yo...

Bunday insonlar unutmasinlarki, ularning bu yuksalishi xuddi shamol esishi bilan yaproqning havolanishiga o‘xshaydi. Shamol tindimi – ular yana o‘sha eski joylariga qaytishadi.

Balki, biroz qo‘pol tuyular, ammo turklarda shunday bir naql bor: o‘z so‘zida turmaydigan inson fohishadan farqsizdir.

Bizning otalarimiz va’da atalmish qarzini uzmaguncha joni uzilmaydigan insonlar edi. Shu bois kimgadir va’da berar ekansiz, ushbu hikoyani hamisha yodda tuting...

Kanalimizni qo`llab quvvatlang:
https://www.youtube.com/channel/UCBqoaFQo00m51gzGrGuLOgw/join

#AbdukarimMirzayev #YangiHikoya

Видео O‘lish uchun qaytib keldi... | @AbdukarimMirzayev2002 канала Xizr Abdulkarim
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
4 сентября 2021 г. 20:30:10
00:14:51
Яндекс.Метрика