Загрузка страницы

#6 - Ma’lumot turlari. Umumiy dasturlash teoriyasi. Dasturlashni o'rganish kursi

Dasturlashni o'raganish kursi.
#turlar #malumot_turlari #function #return #php #js #dasturlashni_organish_kursi #data_type

Umumiy dasturlash teoriyasi 👉 https://www.youtube.com/playlist?list=PLcvajZ_CZX8RygFD05lSHujpk2gLcBQaO
Telegram 👉 https://t.me/kadirovDev
Instagram 👉 https://www.instagram.com/kadirovDev

MA’LUMOT TURLARI (en: Data types, рус: Типы данных)

O’zgaruvchan o’zida har hil turdagi ma’lumotlarni saqlashi mumkin. Misol uchun biror bir tekst. Bu turdagi ma’lumotlar borshqalaridan farqli, har doim qo’shtirnoq ichiga olinishi shart.

Bu turdagi o’zgaruvchan yaratish uchun, bir hil dastur tillarida, o’zgaruvchan nomi oldidan «string» kalit so’zini yozishimiz kerak.

String turini o’zbekchaga tarjima qilganda - qator ma’nosini beradi.

Bunga sabab ko’pchilik dasturlash tillarida string turi faqat bir qatorga teng bo’lishi kerak. Ya’ni bu yerda foo o’zgaruvchanimiz to’g’ri, lekin bar o’zgaruvchani noto’g’ri. Hozirgi zamonaviy tillarda ikki o’zgaruvchanimiz ham to’g’ri hisoblanadi.

Integer, yoki ko’pincha int degan qisqa varianti urchraydi. Bu butun son degani.

Bu turdagi o’zgaruvchan yaratish uchun o’zgaruchan nomidan oldin int kalit so’zini qo’yamiz

Kasr sonlarni yozish uchun mo’ljallangan tur float deyiladi.
Bir hil tillarda double, decimal degan variantlari ham uchrab turadi.

Boolean turida faqat ikki hil qiymat bo’lishi mumkin.

Ushbu turga keyingi darslarizmida kengroq to’xtalib o’tamiz.

FUNKSIYADA
Esingizda bo’lsa parametrlar ham oddiy o’zgaruvchanlardek ishlar edi. Demak ularning yoniga ham turlarini ko’rsatishimiz kerak.

Bizning funksiya hech qanaqa ma’lumot qaytarayotgani yo’q, shuning uchun funksiya nomi oldiga void kalit so’zini qo’shimiz kerak. Agar funskiya boror ma’lumot qaytarsa, void o’rniga qaytariladigan ma’lumot turini ko’rsatishimiz kerak

Funksiyalar return kalit so’zi orqali biror bir ma’lumot qaytarishlari mumkin.

Bu yerda funksiya integer turini qaytarayapti. Demak, biz amin bo’lishimiz mumkinki funksiya har doim butun son qaytaradi. Funksiya qaytargan ma’lumotni biror bir o’zgaruvchanda saqlashimiz mumkin.
Bu yerda baz 10ga teng bo’ladi. Chunki funksiya 3 qo’shuv 7 ni qaytarmoqda. Biz esa o’sha qaytgan ma’lumotni baz da saqlamoqdamiz. Boshqacha qilib: «baz foo() funksiyasi qaytaradigan ma’lumotga teng» desak bo’ladi.

Ma’lumotni o’zgaruvchanda saqlamasdan birdaniga ekranga chiqarsak ham bo’ladi.

Bu yerda esa kompilyator bizga hato qilganimizni ko’rsatadi. Chunki funksiya integer qaytarayapti va biz uni string turiga ega bo’lgan, baz o’zgaruvchaniga joylamoqchi bo’layapmiz

Ya’ni, bir turdagi o’zgaruvchanga boshqa bir turdagi ma’lumotni joylab bo’lmaydi.
Funksiya biror bir ma’lumot qaytargach u o’sha joyda to’xtaydi . Misol uchun bu yerda 1 va 2 raqamlari ekranga chiqadiyu, lekin 3 va 4 raqamlari ekranga chiqmaydi.

STATIK VA DINAMIK TURLOVCHI TILLAR

Dasturlash tillarini dinamik va statik turlovchi tillarga bo’lsak bo’ladi. Statik turlovchi tillarda har doim ma’lumot turini ko’rsatish shart.

Statik dasturlash tillarida o’zgaruvchanning turini o’zgartirib bo’lmaydi. Misol uchun int turiga ega bo’lgan o’zgaruvchan yaratdik, uning qiymati 44 ga teng. Keyinroq uning qiymatini 13 ga o’zgartirdik. Bu to’g’ri, chunki 44 va 13 butun son hisoblanadi. Keyinroq uni qiymatini «Hello» so’ziga o’zgartirmoqchi bo’ldik. Bu yerda kompilyator bizga hatolikni ko’rsatadi, ya’ni foo o’zgaruvchaniga «Hello» qiymatini berib bo’maydi. Chunki «Hello» - string turiga tegishli, foo da esa faqat integer saqlaymiz deb yozganmiz.

Dinamik tillarda oz’garuvchanlarning turini istalgancha o’gartirsa bo’ladi. Dinamik tillarda o’zgaruvchanlarning turini ko’rsatish shart emas. O’zgaruvchan yaratilayotganda unga beriladigan qiymat qo’shtirnoq ichida bo’lsa, kompilyator uni string ekanligini tushinadi va o’zgaruvchan turini string deb belgilaydi. Qo’shtirnoq ichida bo’lmasa va raqamlardan iborat bo’lsa uni integer ekanligini tushinadi. Raqamlar orasida nuqtasi bo’lsa uni float ekanligini tushunadi. Qiymat false yoki true ga teng bo’lsa uning boolean ekanligini tushunadi.
HULOSA

Statik turlovchi tillarida har doim o’zgaruvchanlar turini ko’rsatishimiz shart. Funksiya nima qaytarishi ham. O’zgaruvchan turini o’zgartirib bo’lmaydi.

Funksiya ham har doim bir hil turdagi ma’lumotni qaytarishi shart

Dinamik turlovchi tillarda o’zgaruvchan turini ko’rsatish shart emas. O’zgaruvchan turi ham istalgancha o’zgarib turishi mumkin.

Funksiya har safar har hil turdagi qiymat qaytarishi mumkin.

Видео #6 - Ma’lumot turlari. Umumiy dasturlash teoriyasi. Dasturlashni o'rganish kursi канала Kadirov Dev
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
16 октября 2019 г. 19:00:08
00:07:39
Яндекс.Метрика