Загрузка страницы

Afzal Rafiqov [ Qur'on tarjimasi 24 - pora ]

Bismillahurohmanurohim.

Assalomu aleykum va Rahmatullohu barokotux !

Aziz obunachim sizlarga o'zim tinglab kelayotgan quron karimning o'zbekcha tarjimasini ulashmoqchiman !

O'qidi : Afzal Azimovich Rafiqov
Dastutladi : Ibrohimbek Xusanboyevich Alisherov

Sharhlovchi Afzal Rafiqov to'g'risida qisqacha ma'lumot :

Afzal Azimovich Rafiqov (1948.21.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987 yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. "Qaroqchilar" (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, "Tirik murda"), Zokirov (S. Abdullin, "Oʻn uchinchi rais"), Tarso (T. Tula, "Nodirabegim"), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, "Iskandar"), Faridun (Firdavsiy, "Faridun"), Yago (U. Shekspir, "Otello"), Lir (U. Shekspir "Qirol Lir"), Aslzoda (A. Sagareli, "Xonuma") kabi rollari bilan tanilgan.
Kinoda ("Yaratganga shukur"da Ahmad, "Alpomish"da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda ("Diyonat"da Proxor, "Girdob"da ilmiy kotib, "Ichkuyov"da Sergey, "Omon boʻlsang, unutma"da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan ("Lev Tolstoy"da Tolstoy, "Gʻalaba" filmida Stalin, "Hayot mazmuni"da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. "Gulshan" radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar ("Usmon Nosir", "Xabib Abdullayev" va boshqalar)ni olib borgan.Afzal Rafiqovning shoh asari o'zi aytgandek umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi bu Qur'oni karimning o'zbek tilida o'qiganidir.

Видео Afzal Rafiqov [ Qur'on tarjimasi 24 - pora ] канала Ibrohimbek Alisherov
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
8 июня 2020 г. 5:59:17
01:04:39
Яндекс.Метрика