Загрузка страницы

"Жаҳолат ҳақида ривоят" Маъруф Отажонов ижросида | "Jaholat haqida rivoyat" Ma`ruf Otajonov ijrosida

Жаҳолат ҳақида ривоят
"Маданият ва маърифат" телеканали
Маъруф Отажонов ижросида
Эркин Воҳидовнинг "Руҳлар исёни" достонидан
Alqissakim,
Juda qadim
Jaholatlik zamonda
Bir donishmand ulug’ hakim
O’tgan ekan jahonda.
U kun bo’yi
Giyoh terib
Kezib tog’u biyobon,
Odamlarga shifo berib
Yashar ekan
Shodumon.
Unga ming bir mushkul dardning
Ayon bo’lib davosi,
Bora-bora
Odamlarning
Ortaverdi ixlosi.
Tabobatga
Qalban, ruhan
Fido qilib o’zini,
Hatto bir kun
Nashtar bilan
Ochmish
ko’rning ko’zini.
Rivoj topmish
Sohib hikmat,
Donish,
Mehnat madadkor.
Ammo
Qayda bo’lsa shuhrat,
Yonboshida
Hasad bor.
Duoxonlar, parixonlar,
O’quvchilar chilyosin…
Xullas,
Yurtda bor nodonlar
Boshladilar ig’vosin.
Tinmay
Kechayu kunduzi
Topib kitob so’zidan,
Dedilar:
«Dard bergan —
O’zi!
Davosi ham
O’zidan!
Bandasiga bermak doru
Yaratganga isyondir.
Demak,
Hakimishi makru
Uning o’zi
Shaytondir».
Bu so’zlarni chin, deb bildi
Nodon, johil olomon.
Donishmandni sazo qildi,
Kaltakladi
Beomon.
Cho’r temirda
Ko’ksin dog’lab,
Dorga osmoq bo’ldilar.
So’ng bo’yniga xarsang bog’lab
Suvga bosmoq bo’ldilar.
Keyin
Suvni, arqonni ham
Hayf bildilar
«shayton»ga,
Yoqing, — dedi
Eng bosh hakam, —
Olib chiqib maydonga!»
Keng maydonga
Ko’mib ustun,
Bog’ladilar hakimni.
So’ng temirni o’tga qo’yib,
Dog’ladilar hakimni.
Buyurdilar:
«Yoqing shitob,
Azozilning oshnasin.
Kerak bo’lsa
Kimga savob,
Cho’p keltirib tashlasin».
Savob uchun
Birov o’tin,
Birov tashlar dona xas.
Hakim boshin baland tutib
Johil elga qaramas.
Bir payt
Gulxan sari bir chol
Asta kela boshladi.
Quchog’ida
Bir bog’ poxol,
G’aram uzra tashladi.
Dedi:
«Asli tug’ilgandan
Basir edim men o’zim.
Sen joduning tig’i bilan
Ochib qo’yding ko’r ko’zim.
Tangri bilib
Yaratgan ko’r,
Davo qilding ne uchun?
Oxirat men — manglayi sho’r —
Nima deyman
So’roq kun?
Haq yo’lidan ozgan odam,
Ko’zim ochib, ne berding?
Meni bir yo’l
U dunyo ham —
Bu dunyodan ayirding.
Ko’rligimda
Bu olamni
Tasavvurda ko’rardim.
Dunyodagi bor odamni
Mushfik bilib yurardim.
Shafkat ila
Kim nonu kim
Chaqa tashlab ketardi.
Men ham shunga ko’ngan edim,
Menga shu ham yetardi.
Qornim to’ysa —
Saodatim,
Yo’k tuman xil tilaklar.
Hamsuhbatim,
Ham ulfatim
Jajji shirin go’daklar…
O’ylar edim dunyoda bor
Musaffolik,
Soddalik.
Ko’zim ochib
Ko’rdim ilk bor
Berahmlik,
Soxtalik.
O’g’riligu fahshni ko’rib
Jim yurarkan odamlar.
O’z do’stiga
Kulib turib,
Tig’ urarkan odamlar.
Bir yonda aysh
Ko’kka chirmash.
Bir yonda, boq, ohu voh…
Bukun mening ko’nglimda g’ash,
Imonimda — ishtiboh.
Derdim:
Yurtni bir bor ko’rsam.
Ko’rdim.
Orzum to’q endi.
Yo’lda yotgan xaschalik ham
E’tiborim yo’q endi.
Bu dunyodan to’ydim oxir,
Ado bo’lsam mayliga.
YO qaytadan,
O’sha basir,
Gado bo’lsam mayliga!»
Bu so’zlarni
Eshitdi-yu
Faryod qildi donishmand.
«Yoqing, — deya so’radi u, —
Olov bo’lsin sarbaland.
Tezroq ketay
Bu dunyodan,
Hech toqatim qolmadi.
Mendan shifo oldi odam,
Olam — shifo olmadi.
Xurofotning zahri tekkan
Nodon, johil, gumrohlar —
Davosiga ojiz ekan
Men kashf etgan giyohlar.
Ko’r ko’zlarga
Mehrgiyodek
Nur baxsh etdi nashtarim.
Qalblar ko’zin ochmoqqa lek
Kamlik qildi
Hunarim.
Odamlarga men yaxshilik —
Qilmoq bo’ldim,
Netayin,
Manglayda shu ekan bitik,
Yoqing,
Kuyib ketayin!»
O’t qo’ydilar.
Yondi gulxan.
Qaro bo’ldi samovot.
Jaholatning hukmi bilan
Qurbon bo’ldi
Buyuk zot.
Gulxan yondi
Ko’kka o’rlab.
Cho’g’i har yon sochildi.
Shu olovdan
Elning, ajab,
Aql ko’zi ochildi.
O’kindilar,
Aza tutib
Yig’ladilar, kuydilar.
Donishmandga
Yillar o’tib
Oltin haykal qo’ydilar.
E, voh,
Olim ko’zi bilan
Ko’rsaydi bu hurmatni…
Ammo
Hakim o’zi bilan
Olib ketdi hikmatni.
Qo’y, ey ko’nglim,
Sen ul zamon
Dahshatin kam o’ylagin.
Senga nasib bo’lgan davron
Sozin olib
Kuylagin.
Shukronalik mayin ichib
Yayrab qolgin bir nafas.
Bu olamdan
Bir kun kechib
Ketuvchi bir biz emas.
Kel, ey ko’nglim,
Kel, muhabbat,
She’r zavqiga qonaylik.
O’tda yonish bo’lsa, faqat —
Ishq o’tida yonaylik.
Faqat
Bizga g’amu kadar,
Qayg’u-hasrat yot bo’lsin.
To biz uchun jon berganlar —
Ruhi mangu shod bo’lsin.

Видео "Жаҳолат ҳақида ривоят" Маъруф Отажонов ижросида | "Jaholat haqida rivoyat" Ma`ruf Otajonov ijrosida канала UZBEK TV
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
3 января 2021 г. 21:16:23
00:13:01
Другие видео канала
PAYG'AMBARIMIZ HAQIDA RIVOYAT // ПАЙГАМБАРИМИЗ ХАКИДА РИВОЯТPAYG'AMBARIMIZ HAQIDA RIVOYAT // ПАЙГАМБАРИМИЗ ХАКИДА РИВОЯТОталар сўзи-ақлнинг кўзи: "Бир оғиз ёлғон" Янги сони | Otalar so'zi-aqlning ko'zi: "Yolg'on"Оталар сўзи-ақлнинг кўзи: "Бир оғиз ёлғон" Янги сони | Otalar so'zi-aqlning ko'zi: "Yolg'on"Iso Lazarni tiriltirishiIso Lazarni tiriltirishiЎзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиевнинг ҳақиқатлари | Men bilgan haqiqatlarЎзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиевнинг ҳақиқатлари | Men bilgan haqiqatlarБУРГУТ ВА ЛОЧИН тақдирдан қочиб қутулолмайсан ривоят хикояларБУРГУТ ВА ЛОЧИН тақдирдан қочиб қутулолмайсан ривоят хикояларАбдуллоҳ Домла | Тушунсангиз Йиғлаб Эшитасиз | Abdulloh Domla   - Zohid Insonlar Tarixidan...Абдуллоҳ Домла | Тушунсангиз Йиғлаб Эшитасиз | Abdulloh Domla - Zohid Insonlar Tarixidan...Qabrdagi Holat  ibratli rivoyatQabrdagi Holat ibratli rivoyat"Эгов хотин ва унинг онаси ёхуд бахтиқаро йигит тақдири" | Ko'zgudagi  biz"Эгов хотин ва унинг онаси ёхуд бахтиқаро йигит тақдири" | Ko'zgudagi biz"Ҳўрланган аёл қисмати"(Ҳаётий воқеа асосида)| Hikmatli dunyo"Ҳўрланган аёл қисмати"(Ҳаётий воқеа асосида)| Hikmatli dunyo"Узоқ кутилган янги йил"(Ҳаётий воқеа асосида)| Hikmatli dunyo"Узоқ кутилган янги йил"(Ҳаётий воқеа асосида)| Hikmatli dunyoРихситилла Абдуллаев - Дилноза Кубаевани рашк қиламан!Рихситилла Абдуллаев - Дилноза Кубаевани рашк қиламан!Jahongir Otajonov dan bu ishni kutmodik Abdulloh domla zo‘r gaprdi  Ahad qayumJahongir Otajonov dan bu ishni kutmodik Abdulloh domla zo‘r gaprdi Ahad qayum1202/ Инсонга жин кириши ҳақида? (Абдуллоҳ Зуфар Ҳафизаҳуллоҳ)1202/ Инсонга жин кириши ҳақида? (Абдуллоҳ Зуфар Ҳафизаҳуллоҳ)Toshkent city ёнида қурилган янги хонадонларнинг нархи неча пул?  | Xayrli bo'lsinToshkent city ёнида қурилган янги хонадонларнинг нархи неча пул? | Xayrli bo'lsinАктёр Рихситилла Абдуллаев Тошкент марказидаги ҳовлини сотишга ёрдам берди | Xayrli bo'lsinАктёр Рихситилла Абдуллаев Тошкент марказидаги ҳовлини сотишга ёрдам берди | Xayrli bo'lsinFikr qiling I Abdulloh zufarFikr qiling I Abdulloh zufarOg'ir kelgan yil haqida film "Yigirma yigirma"Og'ir kelgan yil haqida film "Yigirma yigirma"HINDI SHOW G'OLIBLARI SHAHZOD & DURDONA HIDISTONGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITISHDI.HINDI SHOW G'OLIBLARI SHAHZOD & DURDONA HIDISTONGA YO'LLANMANI QO'LGA KIRITISHDI."Ғаройиб парвоз: Янги йил арафасидаги саргузаштлар" ўзбек филм|"G'aroyib parvoz" musiqiy o'zbek film"Ғаройиб парвоз: Янги йил арафасидаги саргузаштлар" ўзбек филм|"G'aroyib parvoz" musiqiy o'zbek film
Яндекс.Метрика