Загрузка страницы

Quvaytda tilovat yo'nalishi g'olibi Ustaz Azray Abdul Haq

Quvaytda joriy yilning 10-18 aprel kunlari o‘tkazilgan 9-Xalqaro Qur’on tilovati musobaqasi g‘oliblari ma’lum qilindi. Malayziyalik qori Ustaz Azray Abdul Haq musobaqaning tilovat yo‘nalishida g‘olib deb topildi.

“Themalaymailonline” nashri xabariga ko‘ra, Azray Qur’on tilovati bo‘yicha 96 ball to‘plab 75 mamlakatdan kelgan da’vogarlar ichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Malayziya vakiliga mukofot puli va diplom topshirilgan.

“Moskva, Turkiya va Erondagi Qur’on musobaqalarida ishtirok etganim bu gal Qur’on tilovatimni ancha yaxshilashimda katta tajriba bo‘ldi”, - dedi malayziyalik Ustoz Azray Abdul Haq.

Quvaytdagi Qur’on musobaqasida Eron vakili Mehdi G‘ulomajot ikkinchi, marokashlik qori uchinchi o‘rinni egallagan.

Видео Quvaytda tilovat yo'nalishi g'olibi Ustaz Azray Abdul Haq канала Muslim uz
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
20 апреля 2018 г. 16:14:19
00:10:35
Яндекс.Метрика