Загрузка страницы

Safoyev: O'zbekiston bugun Markaziy Osiyo nomidan gapiradi

O'zbekiston tashqi siyosatini xalqaro maydonda tushuntirib kelayotgan arbob, Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, respublika bugun nafaqat o'zi balki butun Markaziy Osiyo nomidan gapirmoqda va gapira oladi.

Ikkinchidan, Toshkent Markaziy Osiyo deganida hozirda unga Afg'onistonni ham kiritmoqda, ya'ni mintaqada uningcha besh emas, olti respublika bor.

O'zbekiston Amerikadan sarmoya qatorida o'rnak olishga ham bel bog'lagan. Sistematik islohotlarni amalga oshirishda shaffoflik, oshkoralik va samaradorlik bobida O'zbekiston AQShdan o'rganadi, deydi Safoyev. Vashington Toshkentni Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirmang, deya undamoqda. Tijorat vaziri Uilbur Ross deydiki, bu blokka qo'shilish O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini qiyinlashtradi. Lekin O'zbekistonning yetakchi senatori so'zlariga ko'ra, xavotirlar o'rinsiz. Kiramiz, degan qaror qabul qilingani yo'q, deydi Safoyev, plyus-minuslar o'rganilmoqda. Moskva boshliq ittifoqqa a'zolik tomon qadam tashlanganida ham jiddiy muammolar bo'lmasligi kerak, deydi senator. Tomosha qiling.

Видео Safoyev: O'zbekiston bugun Markaziy Osiyo nomidan gapiradi канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
24 октября 2019 г. 23:00:09
00:20:40
Яндекс.Метрика