Загрузка страницы

O'zbekiston: Vatandoshlar yordami vatanga aynan hozir kerak

Mustaqillikning birinchi chorak asrida vatandoshlar bilan "quruq aloqa" qilgan O'zbekiston hukumati o'tgan ikki yil ichida ular bilan ishlashni davlat siyosatiga aylantirdi. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning ma'muriyati har bir sohaga ularni jalb qilishni istaydi.

Lekin vatandoshlar hukumat kutgani yoki xohlaganidek vatanga intilayotgani kuzatilmaydi. Nima uchun?

Tizimga nisbatan ishonch hali ham past, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbekistonliklar. AQShdan tortib Yaponiyagacha, Avstraliyadan tortib Argentinagacha, O'zbekistondan imkoniyat izlab chiqib ketganlar ona yurtini qanchalik sevmasin, u yerdagi tuzumdan hali ham xavfsiraydi va kelajagini O'zbekistonda tasavvur qila olmaydi.

Lekin "Amerika Ovozi" bilan muloqot qilgan rasmiylar "komil ishonch" bilan aytadiki, respublika bugun o'zgargan va islohotlar ostida. Sharoit vatandoshlar xohlaganidek bo'lmasa-da, intilish bor, va eng muhimi, O'zbekistonni rivojlantirish va vaziyatni yaxshilash uchun vatandoshlar bilimi va tajribasi zarur.

Vatandoshlar O'zbekistonga hozirgi murakkab va dinamik jarayonlarda kerak. Muhojirotda yashayotganlar O'zbekistonda ikki yilda mo'jiza yuz berib, hamma narsa saranjomlashib, har tomonlama taraqqiyot bo'lishini kutgan bo'lsa, real hayotdan uzoq ekan, deydi mutasaddilar.

Vatandoshlar bilan aloqa asosan Tashqi ishlar vazirligi zimmasida bo'lsa-da, markaziy hukumatning har bir bo'g'inida va hatto viloyat hokimiyatlarida ham chetdagi fuqarolar bilan ishlaydigan bo'limlar ochila boshlagan.

Toshkentda hozirda besh tashkilot vatandoshlarni bevosita hamkorlikka undamoqda: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, "El-yurt umidi" jamg'armasi, "Yuksalish" milliy harakati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va "Buyuk kelajak" Ekspert Kengashi.

Xo'sh, ular vatandoshlarning xohish-istaklari va dardi bilan qanchalik tanish? Ularning zamon haqidagi fikrlarini o'rganayaptimi? Vatandoshlar bilan samarali hamkorlik deganda ular nimani tushunadi? O'zbekistondagi vaziyatga nisbatan hukumatdan yoki bu tashkilotlardan o'zgacha qaraydigan odamlar bilan ham gaplashishadimi? Bu savolga javob odatda tezda beriladi: islohotlarga ishonmaydigan va bugungi siyosatga qarshi tomonlar bilan ishlash, "tabiiyki qiyin va qanday qilib?"

Vatandoshlar bilan avvalo insoniy, madaniy-mar'ifiy aloqalarni yo'lga qo'yish muhim deya bugungacha 19 mamlakatda 29 tashkilot bilan hamkorlik qilayotgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi rasmiylari tahlilicha, harakatlar samara bera boshlagan.

Qo'mitada Yevropa va Amerikadagi vatandoshlar bilan shug'ullanadigan Zokir Abidov tasvirlashicha, bugun vatandoshlarga munosabat ijobiylashgan.

O'zbekiston ularni kutmoqda, deydi Abidov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

O'z takliflari bilan chiqayotgan vatandoshlar olqishlanmoqda va hukumat ularning tashabbuslariga jiddiy yondashadi. Elchixonalar va Tashqi ishlar vazirligi orqali kelgan loyihalar tegishli vazirlik va agentliklarda o'rganilmoqda. Hamma narsa tez bo'lmasligi mumkin, sharoit ular xohlaganidek bo'lmasligi mumkin, ammo Toshkentda bugun vatandoshlarni tinglash va rishtalarni mahkamlash uchun kuchli iroda bor, deydi Abidov.

Qo'mita elchixonalar va vatandoshlarning tashkilotlarida davra suhbatlari va tadbirlar o'tkazmoqda. Yurtdoshlardan faollik kutilmoqda.

Abidovning hamkasbi Osiyo, Afrika va Tinch okeani davlatlaridagi o'zbekistonliklar bilan ishlaydigan Gulchehra Abbasova esa "niyati pok insonlar" uchun mamlakat qalbi ham, darvozasi ham hamisha ochiq, deydi.

Abbasovaning aytishicha, vatandoshlarga nisbatan yondashuv ijobiy va astalik bilan birgalikda ezgu ishlar qilina boshlagan. Masalan, deydi rasmiy, Fransiya va AQShdagi muhojirlar uyushmalari bilan turli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodga e'tibor oshgan. Yaqin va uzoq davlatlardagi o'zbekistonlik immigrantlarga zarur adabiyotlar va boshqa ashyolarni yetkazish yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston jahon tajribasidan o'rganmoqda, deya tushuntiradi Abbasova.

Xorijda yurgan har bir o'zbekistonlik O'zbekistonning o'ziga xos elchisi, deydi qo'mita vakillari. Ular kim va qanday fikr egasi bo'lishidan qat'i nazar shu respublika haqidagi tasavvurga hissa qo'shadi. Shu bois ham ayniqsa yoshlar bilan yaqindan aloqa qilish kerak.

Qo'mita taxminicha, bugun O'zbekistondan tashqarida bu yurtni o'zining tarixiy vatani deb biladigan olti million odam bor. Aniq raqamlar bu tashkilotda ham yo'q. Hukumat ham, vatandoshlar bilan ishlaydigan organlar ham turli taxminiy hisoblarga tayanadi. Ish endi boshlanmoqda, deydi rasmiylar. Orada ishonch shakllanishi, chuqur ildizli illatlardan qutulish qattiq mehnat talab qiladi.

Видео O'zbekiston: Vatandoshlar yordami vatanga aynan hozir kerak канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
5 июня 2019 г. 15:30:00
00:30:51
Яндекс.Метрика