Загрузка страницы

Bobomurod Abdullayev/Usmon Haqnazarov: O'zbekiston, kecha va bugun

Usmon Haqnazarov esingizdami? Islom Karimov rahbarligidagi O'zbekistonda siyosiy-maxfiy qilmishlar haqida turkum maqolalar muallifi Usmon Haqnazarov aslida jurnalist Bobomurod Abdullayev edi. 2003-yilning yanvaridan 2017-yilning sentabrigacha u shu taxallus ostida materiallar bergan. Keyin esa qamoqqa olindi. Qiynoqqa solindi. Lekin sud ishi ochiq o'tdi. Bobomurod Abdullayev hibsga olinganidan yetti oy o'tib, shartli ravishda ozod etildi. Jurnalist "Amerika Ovozi" Navbahor Imamova bilan Toshkentda muloqot qildi. 

Bobomurod Abdullayev hozirda Toshkentda oyna zavodida ishlaydi, marketolog lavozimida. Topganining 20 foizi davlatga o'tadi. Jurnalist sifatida ishlashni xohlar edi, lekin materiallari uchun tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib sudlangan mutaxassisga eshik ochadigan axborot vositasi bormikan?

Abdullayev iqtisod sohasida ham oliy ma'lumotga ega. Sport sharhlovchisi bo'lgan, blogerlik qilgan. Shuningdek, ovozi bor, kuylaydi.

"Lekin hozirgi asosiy vazifam - ishlash va oilamga qarash", - deydi suhbatdosh.

Toshkent yuragidagi parklardan birida o'tirib muloqot qilar ekanmiz, tilga olinmagan mavzu qolmadi.

Bobomurod Abdullayev o'tgan yili shu paytda qayerda edi?

Nega Usmon Haqnazarov bo'ldi? Taxallus qayerdan va ilk maqola qachon chiqqan? Oxirgisi-chi? Nima haqda edi?

Milliy xavfsizlik xizmati qo'lida nimalarni boshdan kechirdi? 

Qiynoqlar... Kim uni qiynadi va nima talab qildi?

Panjara ortida nimalarni o'rgandi? Azobga qanday dosh berdi?

Sudi nega ochiq o'tdi? Nega ozod etildi? Nega prezidentga rahmat aytdi?

Hibs va suddan keyingi hayoti qanday kechmoqda? Hali ham biror bosim sezadimi?

Bugun ham siyosiy-maxfiy qilmishlar haqida yozgan bo'lardimi?

Bobomurod Abdullayev islohotlarga ishonadimi?

Islohotchilar, uning nazarida, kimlar?

Bugungi O'zbekiston nimadan xavfsirashi kerak? Kim unga nega tahdid solishi mumkin?

Hozirgi o'zbek jurnalistikasini u qanday baholaydi?

Mamlakatga xorijiy axborot manbalari kerakmi?

Tanqid nega kerak? Muxolifat nima uchun zarur?

Davlat va jamiyat rivojini qay omillar belgilaydi?

Shuningek, hukmron mentalitet, o'y-qarashlar hamda davlat rahbariga nisbatan munosabat.

Intervyuni tomosha qilib, bu savollarning barchasiga javob olasiz.

Видео Bobomurod Abdullayev/Usmon Haqnazarov: O'zbekiston, kecha va bugun канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
11 января 2019 г. 5:43:12
00:53:48
Яндекс.Метрика