Загрузка страницы

Jahongir Otajonov jamiyatdagi qo’rquv, muxolifat safiga qo’shilishi haqida

Jahongir Otajonov o’zbek san’atida o’ziga xos imzoga, usulga ega ijodkorlardan biri. Yaqinda u san’atni tark etdi. Tark etganda ham izsiz emas, u prezidentlikka da’vogarlik maqsadi bilan mamlakat siyosiy maydonida paydo bo’ldi.

O’zbek san’atida, ayniqsa, qo’shiqchilik sohasida ijodkorning muxolif siyosiy maydonga o’tishi kam kuzatiladigan holat. Ammo istisnolar bor, masalan, o’zbek muxolifati faxriylaridan biri, hofiz Dadaxon Hasan. Oradan 30 yildan oshiq vaqt o’tib, taniqli qo’shiqchilardan yana biri Jahongir Otajonov siyosatga kirayotganini, aynan muxoliflar safiga qo’shilayotganini e’lon qildi.

Bu bayonoti ortidan u mamlakatda shakllanayotgan “Xalq manfaatlari” partiyasi a’zosi bo’lishga, siyosiy qarashlari tufayli bu partiyani tark etishga ham ulgurdi.

Jahongir Otajonov “Amerika Ovozi” bilan suhbatda nima sababdan siyosatga kirgani, o’zbek jamiyatidagi qo’rquv va nega muxolifat safiga qo’shilayotganining sabablarini tushuntirdi.

Видео Jahongir Otajonov jamiyatdagi qo’rquv, muxolifat safiga qo’shilishi haqida канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
19 марта 2021 г. 9:14:16
00:14:49
Яндекс.Метрика