Загрузка страницы

Otabek Nazirov: Vatanga kerakmiz

Otabek Nazirov 2018-yilning bahorida Toshkentga ko'chganida unga yangi organ - Innovatsion rivojlanish vazirligida vazir muovini degan lavozim taklif qilingan edi. Oradan ko'p o'tmay Nazirov boshga ishga o'tdi, Xalq ta'limi vazirligiga. Hozir u yerda vazir muovini.

43 yoshli vatandosh chorak asr mobaynida Amerika va Yevropada yashagan, ishlagan. 18 yoshida oilasi bilan Toshkentdan okean ortiga, Amerikaga yo'l olgan. Oliy ta'lim va kasbiy faoliyati G'arb bilan bog'liq. Siyosiy tajribaga ega emas, biror hukumat yoki boshqaruv lavozimida oldin ishlamagan.

Lekin Nazirovning o'ziga ishonchi baland. Bank va moliya sohasidagi bilim va tajribasi ona yurtida qo'l kelib, tizimni yangilash uchun xizmat qiladi, degan umidda.

"Amerika Ovozi" bilan Toshkentdagi yangi idorasida o'tirib, erkin suhbat qilar ekan, kechinmalarini yashirmaydi. Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish bankidagi issiqqina o'rnidan voz kechib, O'zbekistonning uzoq yillar e'tibordan chetda qolgan, qoloq ta'lim tizimini o'zgartirishga bel bog'laganini tushuntiradi.

Vatanga Nazirov G'arbdan turib ham yordam berishi mumkin edi-ku, nega keldi?

Toshkentda uni kim quvvatlamoqda?

G'arbda bilim olganlar va ishlab kelganlarga nisbatan munosabat qanday?

Tirikchilik va maosh masalasini qanday hal qildi?

Nimani qanday qilib o'zgartira olishi mumkin?

U singari vatanga intilayotganlarga qanday maslahati bor?

Bu savollarga javoblarni tepadagi videodan, to'liq suhbatdan olasiz. Tomosha qiling.

https://www.amerikaovozi.com/a/4506437.html

Видео Otabek Nazirov: Vatanga kerakmiz канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
31 июля 2018 г. 6:48:31
00:30:40
Яндекс.Метрика