Загрузка страницы

O'zbekiston va o'zbeklar. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan Vashingtonda suhbat

Jorj Vashington universitetida 6-aprel kuni O'zbekistonga bag'ishlangan bir kunlik ilmiy-tahliliy anjuman o'tdi. Bir yil oldin bu dargohning Markaziy Osiyo bo'limida "O'zbekiston Tashabbusi" nomli loyiha boshlangan edi.

Maqsad - G'arb ilm ahlini mamlakatdagi hamkasblari bilan bog'lash, yosh olimlarni quvvatlash, shuiningdek, dunyo bo'ylab faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni va vatandoshlarni muntazam ravishda bir davraga to'plab, o'zaro muloqotni yo'lga qo'yish.

Loyiha rahbari, fransuz olima Marlen Laruel deydiki, o'tgan davr mobaynida o'lkadan chiqqan tadqiqotchilarning o'nlab maqolalari chop etildi. O'zbekiston bilan bog'liq bir necha siyosiy va madaniy tadbirlar o'tkazildi. Ushbu anjuman esa eng kattasi bo'lib, u uch qismda tashkil etildi.

Birinchisida e'tibor O'zbekiston siyosatiga qaratildi, ichki va tashqi. Islom Karimov yangi prezidentlik muddatini boshlar ekan, yaqin kelajakdan nimalarni kutish mumkin? Uning vorisi bormi? Iqtisod va moliya tizimi qay ahvolda? Respublikaning iqtisodiy ko'rsatkichlariga ishonsa bo'ladimi? Osiyo bilan rishtalar qanday? Yaponiya, Xitoy va Rossiya roli... Xitoy bilan energetik hamkorlik qanday ketmoqda? Bu sheriklik ortidagi omillar. Rossiya va boshqa davlatlarda mehnat qilayotgan o'zbekistonliklar va ularning vatanga iqtisodiy ta'siri qanchalik? Qishloq xo'jaligida ahvol qanday? Migratsiya bu sohani qanchalik o'zgartirdi?

Anjumanning uchinchi qismi esa davra suhbati shaklida o'tdi. Amerikadagi o'zbeklar hayotini yoritdi. "Tashabbus", "Vatandosh" O'zbek-Amerika Federatsiyasi, Chikagodagi O'zbek-Amerika Uyushmasi vakillari bu tashkilotlar faoliyati va yurtdoshlar orasidagi aloqa va hamkorlik haqida fikr almashdi. Bu boradagi lavhamiz sal keyinroq...

Anjumandagi birinchi ma'ruzani qilgan Kamoliddin Rabbimov hozirda Fransiyada siyosiy tahlil markazida ishlaydi. Rabbimov O'zbekistonda siyosat va davlatchilikdan ma'ruzalar o'qib yetishgan ekspert. Tuzumni tanqid qilgani uchun bosimga uchrab vatanni tark etgan o'zbek olimlaridan biri. Anjumandan so'ng ekspert "Amerika Ovozi" bilan muloqotda bo'ldi.

Видео O'zbekiston va o'zbeklar. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan Vashingtonda suhbat канала @AmerikaOvozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 апреля 2015 г. 23:00:01
00:12:18
Яндекс.Метрика