Загрузка страницы

Iso Lazarni tiriltirishi

Yuhanno bayon etgan Muqaddas Hush habar

11 - Bob

Lazarning o`limi

1- oyat Baytaniya degan qishloqda Lazar ismli bir odam kasal yotgan edi. Maryam va Marta nomli opa-singil ham shu qishloqda yashar edilar.
2 - Rabbimiz Isoga atir moy surtgan va Uning oyoqlarini sochi bilan artib quritgan o`sha Maryam edi. Kasal yotgan Lazar esa Maryamning akasi edi.
3 - Opa-singil Isoga:
― Hazrat, Sening aziz do`sting kasal bo`lib yotibdi, ― deb xabar yetkazishdi.
4 - Iso buni eshitib:
― Bu kasallik o`lim bilan yakunlanmaydi, balki Xudoning ulug`lanishiga, shuningdek, Xudo O`g`lining ulug`lanishiga sabab bo`ladi, ― dedi.
5 - Iso Marta va uning singlisini hamda Lazarni sevar edi.
6 - Ammo Lazarning bemor bo`lib yotganini bilsa ham, o`sha joyda yana ikki kun qoldi.
7 - Bundan so`ng U shogirdlariga:
― Yana Yahudiyaga boramiz, ― dedi.
8 ― Ustoz, ― dedi shogirdlari, ― yaqindagina yahudiyaliklar Seni toshbo`ron qilmoqchi edilar-ku! Endi yana u yerga bormoqchimisan?
9 - Iso javob berdi:
― Kunduz o`n ikki soat-ku! Kim yorug`da yursa, qoqilmaydi, chunki bu dunyoning yorug`ini ko`radi.
10 - Kechasi yurgan esa qoqiladi, chunki yorug`lik u bilan emas.
11 - Bu so`zlarini aytib bo`lib, ularga yana dedi:
― Do`stimiz Lazar uxlab qoldi. Men uni uyg`otgani ketyapman.
12 ― Hazrat, agar uxlab qolgan bo`lsa, tuzalib ketadi, ― dedi shogirdlari.
13 - Iso Lazarning o`limini nazarda tutgan edi. Shogirdlar esa Iso odatdagi uyqu to`g`risida gapirdi, deb o`yladilar.
14 - Keyin Iso ularga ochig`ini aytdi:
― Lazar vafot etdi.
15 - Men sizlar uchun xursandmanki, o`sha yerda yo`q edim, chunki bu sizlarning imon topishingizga yaraydi. Qani endi yuringlar, uning oldiga boraylik.
16 - Shunda “Egiz” laqabli To`ma boshqa shogirdlarga:
― Qani yuringlar, biz ham U bilan o`lamiz! ― dedi.

Iso ― tiriklik manbayi

17 - Iso u yerga yetib borib bildiki, Lazarning dafn qilinganiga to`rt kun bo`lgan ekan.
18 - Baytaniya qishlog`i Quddusdan yaqin uch chaqirimcha yerda edi.
19 - Ko`p yahudiylar Marta bilan Maryamning oldiga akasining vafoti munosabati ila tasalli berish uchun borgan edilar.
20 - Marta Isoning kelayotganini eshitib, Uni kutib olgani chiqdi. Maryam esa uyda o`tirar edi.
21 ― Hazrat! ― dedi Marta Isoga. ― Agar Sen bu yerda bo`lganingda edi, mening akam o`lmas edi.
22 - Ammo hozir ham bilaman, Sen Xudodan nima so`rasang, Xudo Senga beradi.
23 ― Sening akang tiriladi, ― dedi Iso.
24 ― Bilaman, qiyomatda, oxiratda tiriladi, ― dedi Marta.
25 - Iso unga dedi:
― Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o`lsa ham yashaydi.
26 - Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o`lmaydi. Bunga ishonasanmi?
27 ― Ha, Rabbim, ― dedi Marta, ― Sen olamga keladigan Masih, Xudoning O`g`lisan, deb ishonaman.
32 - Maryam Iso turgan yerga yetib kelib Uni ko`rdi-yu, oyoqlariga o`zini tashlab:
― Hazrat! ― dedi, ― agar Sen shu yerda bo`lganingda, mening akam o`lmas edi!
33 - Maryam ham, u bilan kelgan yahudiylar ham yig`layotgan edilar. Iso buni ko`rib, qattiq iztirobga tushdi, ko`ngli o`rtanib ketdi.
34 ― Uni qayerga qo`ydingizlar? ― deb so`radi.
― Borib ko`rgin! ― dedilar.
35 - Isoning ko`zi yoshlandi.
36 - Yahudiylar:
― Qarang, uni naqadar sevar ekan! ― deyishdi.
37 - Lekin ulardan ba´zilari:
― Ko`rning ko`zlarini ochgan bu Kishi nahot uning o`lmay qolishi uchun biror narsa qilolmagan bo`lsa? ― dedilar.

Isoning Lazarni tiriltirishi

38 - Iso tag`in qattiq iztirob chekib, qabr oldiga keldi. Qabr bir g`or bo`lib, uning og`zida tosh yotgan edi.
39 - Iso:
― Toshni ko`taringlar! ― dedi. Marhumning singlisi Marta Unga:
― Hazrat, U qabrga qo`yilganiga to`rt kun bo`ldi, endi hidlanib qolgan, ― dedi.
40 ― Agar inonsang, Xudoning ulug`vorligini ko`rasan, deb senga aytgan edim-ku, ― dedi Iso.
41 - Shunday qilib, marhum yotgan g`or og`zidan toshni ko`tarib oldilar. Iso esa osmonga ko`z tikkancha:
― Ey Ota! ― dedi, ― Meni eshitganing uchun Senga tashakkur bildiraman.
42 - Sen Meni doimo eshitishingni bilaman-u, lekin bu so`zlarni shu yerda turgan xalq uchun, ular Meni Sen yuborganingga ishonsin deb aytdim.
43 - Shunday dedi-yu, baland ovoz bilan xitob qildi:
― Lazar, tashqariga chiq!
44 - Shu payt qo`lu oyoqlari doka bilan bog`langan, yuzi ro`mol bilan o`ralgan jasad chiqib keldi.
― Uni yechintirib, qo`yinglar, ketaversin, ― dedi Iso odamlarga.

Видео Iso Lazarni tiriltirishi канала O'zbek Masihiylari
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
14 сентября 2017 г. 1:27:51
00:08:10
Яндекс.Метрика