Загрузка страницы

SAT balli 1540/1600 bo‘lgan O‘zbek qizi bilan suhbat...

Maʼrifat Jamal — SAT (Scholastic Aptitude Test/Scholastic Assessment Test — Amerika akademik baholash tizimi) mentori, xalqaro bozorda full stack web developer (dasturchi, web mutaxassis). SAT balli — 1540/1600, IELTS balli — 8.0. Bugun dunyoning koʻplab TOP universitetlari SAT balli 1500 boʻlgan talabgorlarga 100 foizlik grantlarni taqdim etadi. Maʼrifatda buning uchun keragidan ortiq ball mavjud. Ikki yildan beri AQShning Arizona, Janubiy Florida, Boston universitetlari, Vestminsterning Toshkentdagi filiali grantlari sohibasi boʻlsa-da, oliy taʼlim uchun ularning hech birini tanlamagan. Kelgusida muhandis boʻlishni maqsad qilgan Maʼrifat toʻrt yil vaqtini sarflab oʻqiydigan universiteti judayam professional boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Bugungi kunda 70 dan ortiq yoshlarni intensiv tarzda SAT imtihoniga tayyorlab keladi. Ularning 35 nafari Prezident maktablari oʻquvchilari. Ikki yildirki, xalqaro bozorda IT mutaxassisi sifatida ishlab kelayotgan qahramonimiz “Daryo” bilan boʻlgan suhbatda nima uchun Oʻzbekiston bozoridan chiqib ketgani, orzusidagi universitet, hayotdagi oliy maqsadi, bugun nimalar bilan mashgʻul ekani hamda shu darajaga kelguncha qaysi bosqichlardan oʻtgani haqida soʻzlab berdi.
.

00:00 — Kirish.
00:43 — Ma'rifat Jamolova kim?
01:03 — SATga kirib kelishi haqida.
01:25 — 2020-yilda kirgan universitetlari.
01:47 — IELTS darajasi haqida.
02:42 — Nega hali ham oliy ta'limni boshlamayapsiz?
04:15 — 2021-yilda kirgan universitetlari.
04:55 — Orzuyimdagi universitet—?
06:03 — Universitetlarning qaysi yo‘nalishlariga topshirgansiz?
06:35 — Dasturchilik faoliyatingiz qachondan boshlandi?
07:28 — Dasturchi sifatida O‘zbekiston bozori uchun ishlaysizmi?
08:32 — O‘zbekiston bozoridagi ishi va nima sababdan chiqib ketgani haqida
09:43 — SATdan yuqori ball olish uchun qanday bosqichlardan o‘tdingiz?
10:35 — Oilamdan har qanday mavzuda bilim ola bilganman.
11:33 — SAT nima? IELTS va boshqa imtixonlardan farqlari qanday?
12:50 — SAT O‘zbekiston OTMlari uchun ham o‘tadimi?
13:15 — SATning qanday bosqichlari bor?
15:33 — Imtixon qancha vaqt davom etishi va O‘zbekistondagi imtixon markazlarining kamligi haqida.
15:53 — SATga topshirish necha yoshdan boshlanishi haqida.
16:09 — Mantiqqa asoslangan matematika va ingliz tilini o‘rganish qiyin bo‘lmaganmi?
17:00 — Qancha muddatda tayyorlangansiz? Bir kunda o‘rganish uchun qancha vaqt ajratardingiz?
19:24 — O‘zbekiston ta'lim tizimi bilan SATnikini taqqoslamaslik kerakligi haqida.
19:36 — SAT va DTMning farqi haqida
22:17 — SATdan mustaqil tayyorlanish uchun qanday manbalar bor?
25:57 — SATning me'zonlari o‘zgarib turadimi?
26:32 — O‘zbekistonliklar orasida SATni o‘rganishga qiziqish ortmoqdami?
27:49 — SAT imtixoni to‘lovlari bormi?
28:11 — SAT sertifikatining amal qilish muddati bormi?
28:46 — Mentorlik faoliyatingiz qachondan boshlandi? Qaysi o‘quv markazlarida faoliyat olib borasiz?
30:00 — SATni o‘rgatishga qancha vaqtingiz ketadi?
30:34 — Vaqtingizning asosiy qismi mentorlikka ketar ekan. Dasturchilikka qachon vaqt ajratasiz?
30:56 — Ulgurmaslik muammosi bormi sizda?
31:32 — Maqsadim — injiner bo‘lish.
31:50 — Injinerlar — odamlarning og‘irini yengil qilish uchun Alloh tomonidan yuborilganlar.
32:53 — Hozirgi darajangiz uchun nimalardandir voz kechganmisiz?
33:45 — Oilaga qanaqa vaqt ajratasiz?
34:19 — O‘zingizga qancha sarmoya kiritgansiz?
35:45 — Qachondan boshlab moliyaviy mustaqil bo‘lgansiz?
36:13 — Oylik daromadingiz qancha?
36:45 — Hayotdagi oliy maqsadingiz?
37:09 — Nimadan ko‘p afsuslanasiz?
38:02 — Jamiyatda sizni nimalar bezovta qiladi?
38:49 — Yoshlarni eng ko‘p chalg‘itayotgan narsa haqida.
39:33 — Ishlamasdan ham yashashingiz mumkinmi?
40:00 — Bolalikdagi orzuyingiz bilan hozirgi kasb faoliyatingiz mosmi?
41:06 — Asosiy ilhomchim — onam.
42:36 — Yana qanaqa ilmlarni o‘rganish niyatingiz bor?
43:25 — Hayotdagi eng katta motivim, erishganlarimning asl sababchilari —…

Ziyoda Ramazonova suhbatlashdi.

Tasvirchi va montajchi: Ma’murjon Obrahmatov

Видео SAT balli 1540/1600 bo‘lgan O‘zbek qizi bilan suhbat... канала Daryo
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
10 мая 2022 г. 12:35:01
00:44:11
Яндекс.Метрика