Rafahga hujum davom etmoqda
Isroil Rafah shahrining sharqiy hududlariga zarba berishda davom etar ekan, sektorda jon saqlayotgan minglab falastinlik chodirlarini yig'ishtirib, boshqa hududlardan panoh izlamoqda. Isroilning G’azo Sektoridagi Rafah shahrida harbiy amaliyotni kengaytirish rejasidan xavotirga tushgan Bayden ma’muriyati yahudiy davlatga hujumkor qurollarni yuborishni vaqtincha to’xtatib qo’ydi. Oq uy Isroilni bunday bo’lishi haqida aprel boshidan beri ogohlantirib kelgan. Biroq Isroil AQSh da’vatlariga quloq solmadi, Rafahga hujumlarini kuchaytirdi, ko’plab begunoh insonlarning o’limiga sabab bo’ldi. AQSh Isroilning XAMASga qarshi amaliyotiga e’tiroz bildirmaydi, ammo yirik hujum ko’plab fuqaroni nobud qilishi haqida ogohlantirib keladi. 8-may kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden CNN telekompaniyasiga bergan intervyusida Isroilga qarata ilk bor qattiq gapirdi. “Agar ular Rafahga qo’shin kiritishsa, qurol uzatmasligimizni aniq aytdim”, dedi u.
Видео Rafahga hujum davom etmoqda канала Amerika Ovozi
Видео Rafahga hujum davom etmoqda канала Amerika Ovozi
Показать
Комментарии отсутствуют
Информация о видео
Другие видео канала
Nega "El-yurt umidi"? Imkoniyat va majburiyatAmerikada “Juntin” nishonlanyapti, bu qanday bayram?AQShda o'qish qanchalik qiyin?AQSh ilmi: ikkii o'zbekistonlik tajribasi“Google”ning Falastin tarafidagi xodimlari namoyishiG'azoga yangi port orqali yordam kirib kelmoqdaOq uy nega saylov jadvalini o’zgartirmoqchi?Prezidentlik uchun kim juda keksa?Xalqaro hayot - 30-dekabr, 2022-yilXalqaro hayot - 7-noyabr, 2022-yilAyni urush davrida Ukrainadan bola asrab olgan amerikaliklarAQSh-Meksika chegarasida halok bo'layotgan muhojirlarXalqaro hayot - 20-oktabr, 2022-yilXalqaro hayot - 26-dekabr, 2022-yilXalqaro hayot - 14-fevral, 2023-yilXalqaro hayot - 7-mart, 2023-yilMeksika orqali AQShga kimlar kirib kelmoqda?Xalqaro hayot - 2-yanvar, 2023-yilXalqaro hayot - 9-yanvar, 2023-yilXalqaro hayot - 21-noyabr, 2022-yilXalqaro hayot - 8-noyabr, 2022-yil