Загрузка страницы

“CHILON” MAHALLASIDA YASHOVCHI 250 DAN ORTIQ AHOLI XONADONLARINING ELEKTR ENERGIYASI SIFATI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialining tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan belgilangan manzilli dasturlar doirasida hududlarda bosqichma bosqich qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Marhamat tumanining “Chilon” MFY hududida yashovchi 250 dan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifatini yanada yaxshilash maqsadida 1,5 km uzunlikdagi yangi tarmoq, 2 dona transformator punkti va 85 dona temir-beton tayanchlar o’rnatildi. Bundan tashqari viloyat hokimligi tashabbusi bilan budjet mablag’lari hisobidan 2,1 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.

Shuningdek, tumanning “O’qchi” va “Yuvosh” MFY hududlari uchun budjet mablag’lari hisobidan 4 km uzunlikdagi ochiq sim keltirildi va tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ayni vaqtda tumanning barcha hududlarida belgilangan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

Видео “CHILON” MAHALLASIDA YASHOVCHI 250 DAN ORTIQ AHOLI XONADONLARINING ELEKTR ENERGIYASI SIFATI канала HET Andijon hududiy filiali
Показать
Комментарии отсутствуют
Введите заголовок:

Введите адрес ссылки:

Введите адрес видео с YouTube:

Зарегистрируйтесь или войдите с
Информация о видео
13 июня 2023 г. 18:08:32
00:03:59
Яндекс.Метрика